Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:33

O‘zbekistonda buyrak va jigar ko‘chirishga ruxsat berildi


23 oktabr kuni Vazirlar Mahkamasi “Yaqin qarindoshlar orasida buyrak va (yoki) jigar bo‘lagini transplantatsiya qilish tartibiga oid muvaqqat nizom”ni tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Mutaxassislarga ko‘ra, shu paytgacha O‘zbekistonda odam organlari transplantatsiyasiga oid me’yoriy hujjat bo‘lmagani uchun, har yili minglab bemor shifo izlab chet davlatlarga borishga majbur bo‘layotgan edi.

Bosh vazir Aripov imzolagan qaror bilan tasdiqlangan Muvaqqat nizomda “transplantatsiya", “donor”, “retsipient” tushunchalari aniqlamasi berilgan.

“Buyrak va (yoki) jigar bo‘lagi transplantatsiyasi retsipient (organni qabul qilib oluvchi)ga kasallangan va hayot uchun muhim faoliyatini bajarolmay qolgan, salomatligiga tuzatib bo‘lmas ta’sir qiluvchi buyrak va (yoki) jigar bo‘lagi o‘rniga tirik yaqin qarindoshlari orasidan sog‘lom buyrak va (yoki) jigar bo‘lagini ko‘chirib o‘tkazish maqsadida bajariladigan operativ amaliyot” ekanligi aytilgan hujjatda.

Буйрак ва жигарни кўчиришга рухсат берилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:10 0:00
Бевосита линк

Organini kim kimga bera oladi?

Nizomga binoan tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma, pasport, nikoh to‘g‘risidagi guvohnoma, shuningdek, qarindosh ekanligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar donor (buyragini yoki jigarining bo‘lagini beruvchi) va retsipient orasidagi yaqin qarindoshlik aloqalarini isbotlovchi hujjatlar sifatida tan olinadi.

Kimlar donor bo‘la olmaydi?

Buyrak va (yoki) jigar bo‘lagi transplantatsiya uchun hammadan ham olinavermasligi aytilgan Nizomda. Masalan, 18 ga to‘lmaganlar, layoqatsiz deb tan olinganlar, qamoqdagilar, I va II guruh nogironlari, homiladorlar, narkomanlar, alkogoliklar va toksikomanlardan transplantatsiya uchun organ olish taqiqlangan.

Buyrak yoki jigar bo‘lagi qaysi kasalxonalarda transplantatsiya qilinadi?

Transplantatsiya amaliyotlarini o‘tkazish vakolati O‘zbekiston bo‘ylab faqat quyidagi 3 ta davlat tibbiyot muassasasiga berildi: Toshkent shahar nefrologiya shifoxonasi, Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy jarrohlik tibbiyot markazi; Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi;

Yechimini yillardan buyon kutgan muammo

Toshkent shahar nefrologiya shifoxonasining ismi aytilmasligi sharti bilan gapirgan vrachining Ozodlikka aytishicha, “buyragi ishdan chiqqanlarning 80 foizgachasining muammosini transplantatsiya hal qilishi mumkin”.

Vrachning aytishicha, “organlar transplantatsiyasi uchun bemorlar orasida ehtiyoj juda katta. Organ ko‘chirishga O‘zbekistonda ruxsat bo‘lmagani uchun odamlar Hindistonga borib davolanishga majbur bo‘lmoqda. Bu mamlakatda buyrak transplantatsiyasi narxi 25 ming dollardan boshlanadi”.

Toshkent shahar nefrologiya shifoxonasi vrachi transplantatsiya uchun Hindistonga qancha o‘zbekistonlik borishini bilmasligini aytdi.

Kimyo fanlari doktori, professor Rustam Nuriddinovning Ozodlikka aytishicha, buyrak ko‘chirish uchun o‘zbekistonliklar nafaqat Hindiston, balki Xitoyga ham bormoqda. O‘zidagi ma’lumotlarga tayanib, u bu ikki mamlakatga yiliga 5 ming nafar atrofida o‘zbekistonlik borishini aytdi. Professor bu ma’lumotlarning rasmiy emasligidan ogohlantirdi.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi rahbarlaridan biri Ozodlikka buyrak yoki jigar bo‘lagi transplantatsiyasi amaliyoti davlat hisobidan amalga oshirilishini, kelajakda yurakni ham ko‘chirib o‘tkazish amaliyotlari o‘tkazilajagini aytdi. U ixtiyorida mavzuga oid “statistik ma’lumotlar mavjud emasligi uchun” boshqa savollarga javob berishni istamadi.

Qonunga ulanib ketadigan Nizom

Transplantatsiyani amalga oshirish tartibi belgilab qo‘yilgan Muvaqqat nizom shu masalaga oid qonun qabul qilingunicha amal qiladi.

Bosh vazir “Odam organlari, to‘qimalari va (yoki) hujayralari transplantatsiyasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini hukumatga joriy yil 31 dekabrigacha taqdim etishni Sog‘liqni saqlash vazirligiga topshirdi.

Aslida Bosh vazir tayinlagan hujjat allaqachonoq tayyor bo‘lgan. “O‘zbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlar muhokamasi” portaliga “Odam organlari, to‘qimalari va (yoki) hujayralari transplantatsiyasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi joriy yil 28 avgustida muhokama uchun joylashtirilgan. Hujjatga oid ma’lumotlarda mazkur qonunning 2018 yil 1 yanvardan kuchga kirishi aytilgan.

Ozodlikning mavzuga oid savollariga Kimyo fanlari doktori, professor Rustam Nuriddinov javob berdi:

Профессор Рустам Нуриддинов билан органлар трансплантацияси ҳақида суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:09:33 0:00
Бевосита линк
XS
SM
MD
LG