Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:28

Davlat dumasi vitse-spikeri Qirg‘iziston prezidentining farmonidan norozi bo‘ldi


Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboev "Ajdodlar xotirasi va tarixi kunlarini ta’sis qilish to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi. Bu bayramlar har yili 7 va 8 noyabr kunlari nishonlanadi, deya xabar berdi davlat rahbari ma’muriyati. Qirg‘iziston rahbari farmoni e’lon qilinishi bilanoq unga Rossiya Davlat dumasi vitse-spikeri munosabat bildirdi. Igor Lebedevning fikricha, “qirg‘izlar Rossiyaga qarshi kunni milliy bayram qilmoqchi”.

Atamboevning farmonida parlamentga bu kunlarni dam olish kunlari deb e’lon qilinishi tufayli Mehnat kodeksiga o‘zgartish kiritish taklifi berildi.

Prezidentning fikricha, 1916 yilgi milliy-ozodlik qo‘zg‘olonidan so‘ng Oktyabrь inqilobi qirg‘iz xalqiga o‘zining davlatchiligini tiklash imkonini berdi. Biroq, prezidentning ta’kidlashicha, so‘nggi yillarda 7 noyabr o‘z ahamiyatini yo‘qotib bormoqda.

«1916 yilgi milliy-ozodlik qo‘zg‘olini va fojiaviy hodisalariga, 1917 yilgi Fevral va Oktabr inqiloblariga, rivojlanishning sovet davridagi saboq va meroslariga, XX asrdagi siyosiy qatog‘onlar oqibatlariga ob’ektiv tarixiy baho berish va ajdodlar xotirasiga hurmat bajo keltirish maqsadida har yili 7 va 8 noyabr kunlari Ajdodlar xotirasi va tarixi kuni sifatida e’lon qilinishi belgilandi», - deyiladi farmonda.

Qirg‘iziston prezidenti ma’muriyatining Axborot siyosati bo‘limi Rossiya Davlat dumasi vitse-spikeri Igor Lebedevga murojaat bilan chiqib, “hujjatlarini diqqat bilan o‘qishni” so‘radi.

«Davlat Dumasi deputatining “qirg‘izlar Rossiyaga qarshi kunni milliy bayram qilmoqchi” deya ta’kidlashi u izoh bermoqchi bo‘lgan hodisaning asl maqsadini tushunmasligidan dalolat bermoqda», - deyiladi prezident ma’muriyati tomonidan tarqatilgan xabarda.

Unda ta’kidlanishicha, “Ajdodlar xotirasi va tarixi kunlarini ta’sis etish to‘g‘risidagi” farmon 7 noyabrga boshqacha mazmun berishga qaratilgan. 7 noyabr shu kunga qadar milliy bayram sifatida nishonlanadi. 1916 yilgi hodisalar ham mamlakatimizda adolatli ravishda Oktabr inqilobining ijobiy qabul qilinishi sifatida talqin qilinadi".

«Yashin tezligida janob Igor Lebedevning munosabat bildirishi u bu matnni diqqat bilan o‘qib chiqishga ulgurmaganligini anglatadi. Nima bo‘lganda ham hujjatni diqqat bilan o‘qib chiqishini maslahat qilamiz. Ana o‘shanda uning o‘ziga ham mehnat muhojirlariga bo‘lgan munosabatlaridan voz kechib, suveren davlat ichki ishlariga aralashmaslik lozimligi oydinlashadi», - deyiladi prezident ma’muriyati bayonotida.

26 oktabr kuni Rossiya Davlat Dumasi vitse-spikeri Igor Lebedev juma kuni Qirg‘iziston fuqarolarining milliy haydovchilik guvohnomalari bilan Rossiya hududlarida ishlashini taqiqlovchi qonunga o‘zgartish kiritish masalasi muhokama qilinishini ma’lum qilgan edi. Bu bayonotning berilishiga Qirg‘izistonda 7 va 8 noyabr kunlari Ajdodlar xotirasi va tarixi kunlari deb e’lon qilinishi sabab bo‘ldi. Lebedevning fikricha, «qirg‘izlar Qirg‘izistoning Rossiyaga qarshi isyon ko‘targan kunni milliy bayram sifatida belgilashgan».

7 noyabr Qirg‘izistonda Ulug‘ Oktabr sotsialistik revolyutsiyasi kuni sifatida nishonlanib kelgan. Sobiq sovet davlatlarida faqat Qirg‘iziston va Belorusdagina bu kun dam olish kuni deya e’lon qilingan.

XS
SM
MD
LG