Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:13

Atom agentligi boshlig‘i Eron rahbarlari bilan uchrashish uchun Tehronga bordi


Xalqaro atom energiya agentligi rahbari Yukiya Amano (arxiv surati)
Xalqaro atom energiya agentligi rahbari Yukiya Amano (arxiv surati)

Birlashgan Millatlar Tashkilotining atom energetikasi bo‘yicha nazoratchisi Eron rahbarlari bilan muzokara o‘tkazish uchun Tehronga tashrif buyurdi. Sababi, Qo‘shma Shtatlarning bunga qarshi chiqayotgan hukumat vakillari ushbu mamlakatning yadro dasturini cheklovchi xalqaro bitimdan chiqish bilan tahdid qilmoqda.

Xalqaro atom energetikasi agentligi (IAEA) bosh direktori Yukiya Amano e’tiborini “Eron 2015 yili erishilgan bitim shartlarini qanday bajarayotganini tasdiqlash va kuzatishga qaratadi”, deyiladi agentlik 25 oktabr kuni tarqatgan bayonotda.

Bosh direktorning safari Vashington bilan Tehron o‘rtasidagi bahs avj olgan paytga to‘g‘ri keldi. Prezident Tramp joriy oyda Eronning 6 ta davlat bilan yadro dasturi yuzasidan tuzgan bitimi shartlarini bajarayotganini tasdiqlamaslik to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Tramp 10 oktabr kuni Eronning siyosatiga oid uzoq kutilgan ma’ruzasida ushbu mamlakatni “qabih rejim” deb atadi va “jiddiy nuqsonlar” bartaraf qilinmaydigan bo‘lsa, bitimdan chiqish bilan tahdid qildi.

U Tehronni ballistik raketalarni tinmay sinovdan o‘tkazayotgani va Yaqin Sharqdagi ekstremistlarni qo‘llab-quvvatlayotgani bilan bitim “ruhi”ni buzayotgani uchun keskin tanqid qildi.

Endi AQSh Kongressi ixtiyorida yadro dasturi bo‘yicha bitimga erishilgandan so‘ng Tehronga qarshi bekor qilingan iqtisodiy sanksiyalarni qayta qo‘llashi uchun 60 kundan kamroq vaqt bor.

2015 yili Obama prezident bo‘lib turgan paytda tuzilgan bitimga ko‘ra, Eron xalqaro sanksiyalar bekor qilinishi hisobiga yadro dasturini qisqartirishga rozi bo‘lgan edi. Bitimga AQSh bilan Erondan tashqari Rossiya, Britaniya, Fransiya va Germaniya imzo chekkan.

AQSh va boshqa mamlikatlarning hukumat vakillari ushbu bitim Eronning yadro quroliga ega bo‘lish imkoniyatini pasaytiradi, deb hisoblaydi. Rasmiy Tehron vakillari esa yadro dasturi tinchlik maqsadlariga qaratilganini aytib keladi.

Eronning davlatga qarashli axborot agentliklari tarqatgan xabarda ma’lum qilinishicha, Amano vitse-prezident Ali Akbar Solihiy bilan uchrashadi. U hukumatdagi boshqa vazifalari qatori Eronning yadro dasturini ham nazorat qiladi.

Amenoning aytishicha, bitimda Tehronning yadro dasturi dunyodagi eng qattiq tekshiruvdan o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

U IAEA inspektorlari Eron bitim shartlarini qanday bajarayotgani yuzasidan tekshiruv o‘tkazish chog‘ida hech qanday muammoga duch kelmayotgani haqida bayonot berdi.

Yevropa Ittifoqi rahbarlari ham bitimda olgan majburiyatlariga sodiq ekanini yana bir karra tasdiqladi.

Eron parlamenti – Majlisning Milliy xavfsizlik va tashqi siyosat qo‘mitasi a’zosi Murtazo Safariy Natanziy bitimning evropalik ishtirokchilarini uni himoya qilishga da’vat etdi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Tehron Yevropa mamlakatlariga bitim yuzasida qayta muzokara o‘tkazilmasligini ochiq-oydin bildirdi.

Eron oliy rahbari, oyatulloh Ali Xamenei bitimga imzo chekkan davlatlar uning shartlarini buzmaguncha Tehron ham buzmaydi, ammo Vashington Tramp tahdid qilayotganiday, undan chiqadigan bo‘lsa, bitimni "yirtib axlatga uloqtiradi".

XS
SM
MD
LG