Линклар

Men Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti talabasiman. Talaba bo‘lganimga qariyb bir yarim yil bo‘lgan bo‘lsa-da men ta’lim berish sistemasidan noroziman. Aytishim mumkinki ta’lim olayotgan hamma talabalarni 100% deb olsak, 99% talaba ushbu holatdan norozi. Xattoki o‘sha 1 % talaba ham majburligidan o‘qimoqda...

Nomi tilga olingan o‘quv yurti talabasining Ozodlikka kelgan xati shunday boshlangan. Xatni tahrirsiz, imlo va punktuatsiyasini saqlagan holda berayapmiz.

***

...Birinchidan, institut, akademiya va universitetlar majburiy ta’lim emas deyilsada, talabalar darsda majburiy ravishda tahsil oladi. Ular faqat bir narsadan - "darsda yo‘q" qilinishidan qo‘rqadi.

Ikkinchidan, talabalar Axborot universitetida o‘qisada, hali noyob texnika, zamonaviy ta’lim o‘rgatish usullaridan bexabar bo‘lib qolayapti. Chunki xali biz yaxshi zamonaviy kompyuterda o‘tirib dasturlab o‘rganganimiz yo‘q.

Uchinchidan, bizning universitetimiz SSSR davridagi ta’lim berish sistemasi bilan qolib ketmoqda. Bizga eski-tuskilar bilan dars berishmoqda, vaholanki bu o‘rgatayotgan narsalari ish jarayoniga umuman dahlsiz bolib qolmoqda.

To‘rtinchidan, bizga ta’lim uchun 12 ta dan ortiq fan qo‘yilgan. Shu fanlarning deyarli har biri ikkiga bo‘lingan , jami 17 tadan oshadi. Fanlarning asosiy qismi bizga taalluqli bo‘lmagan darslar sirasiga kiradi. Talaba bularning hammasiga ulgurishi tasavvurga sig‘maydi.

Xulosa shuki, hammaning xam sharoiti yaxshi emas, kimdir "dada salom, pul tamom" desa kimlardir o‘zi ishlab pul topadi. Yana bir narsa: bizda kontraktchilar va byudjetchilar ta’lim oladi. Byudjetchilar davlat hisobidan o‘qisa ,kontraktchilar o‘z hisobidan o‘qiydi.

Demoqchimanki, kontrakt to‘layotganlarga hech qanday imtiyoz yo‘q. Hamma bir hillikda qolgan. Ham o‘qish, ham ish qilishga ulgurish oson emas.

Korrupsiyani yo‘q qilish uchun oldin darslarni qisqartirsa, kontraktchilarga sal imkoniyat berib, "darsda yo‘q" qilish degan an’anani yo‘q qilsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi.

O‘qituvchi-professorlarda insof degan narsa yo‘q. Ular o‘zlaricha mansabga o‘tirib olishgan. Talabalarning turish-turmushi bilan hech kimning ishi yo‘q. Bu holatlardan yaxshi kadrlar etishib chiqishiga umid kam.

Eslatma​: OzodMaktub rukni ostida chop etiladigan fikrlar muallifning shaxsiy qarashlari ifodasidir. Ozodlik bu mulohazalar uchun mas’ul emas.

XS
SM
MD
LG