Линклар

Islom Karimovning o‘g‘li ham borligi rasman aytildi

  • Озодлик

Islom Karimovning o‘g‘li Pyotr (o‘ngda). Jurnalist va siyosiy muhojir Alisher Taksanovning (chapda) Feysbukidan olingan bu suratni Fergana.ru sayti e’lon qildi.

“Uning (Islom Karimovning) uch nafar farzandi va olti nafar nabirasi bo‘lib, ular bilan muloqot unga katta quvonch keltirardi. Uning rafiqasi – Tatyana Akbarovna uning haqiqiy do‘sti, yordamchisi, fikrdoshi edi, Islom Abdug‘anievich bilan 47 yil baxtli turmush qurib, u bilan hayotning barcha zahmatlarini baham ko‘rdi”.

Bu ma’lumot O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasining rasmiy saytida e’lon qilingan Islom Karimovning tarjimai holida keltirildi.

Shu paytgacha Karimovning uchinchi farzandi borligi to‘g‘risida aytilmas edi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi rasmiy saytida e’lon qilingan tarjimai holda bunday deyilgan:

“U (Islom Karimov) oilali, ikki nafar farzandi, to‘rt nabirasi bor. Rafiqasi T. A. Karimova - mutaxassisligi iqtisodchi, iqtisod fanlari nomzodi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot institutida katta ilmiy xodim bo‘lib ishlagan, ayni paytda – pensiyada”.

Kun.uz sayti Karimovning uchinchi farzandi to‘g‘risida mana bu ma’lumotni berdi:

«Vikipediya» ma’lumotiga ko‘ra, Islom Karimov o‘tgan asrning 60-yillarida birinchi marta uylangan. U birinchi rafiqasi Natalya Petrovna Kuchma bilan turmushidan bir o‘g‘il ko‘rgan. Islom Karimovning o‘g‘li Pyotr Islomovich Karimovdir (1969 yilda tug‘ilgan). Ammo prezidentning rasmiy biografiyasida ushbu nikoh va uning birinchi farzandi nomi keltirilmaydi.

Islom Karimov keyinroq Tatyana Akbarovna Karimovaga uylangan. Bu nikohdan ikki qiz tug‘ilgan - Gulnora Karimova (1972 yilda tug‘ilgan) va Lola Karimova (1978).

Natalya Kuchma 2008 yilda Toshkentda vafot etgan. Pyotr Karimov ayni vaqtda Moskva viloyatida istiqomat qiladi.

XS
SM
MD
LG