Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:38

Prezident Mirziyoev Trampga yo‘llagan xatida terakt bo‘yicha tergovda barcha yordamni taklif qildi


O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Nyu-Yorkdagi teraktdan keyin Amerika rahbari Donald Trampga hamdardlik bildirdi.

Prezident hamdardligi bitilgan matnni O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi rasmiy sayti e’lon qildi.

"Biz Amerika Qo‘shma shtatlari xalqi bilan hamdardmiz. Qurbonlarning yaqinlariga ta’ziya so‘zlarimizni yetkazishingizni so‘raymiz, barcha jabrlanuvchilar tez orada sog‘ayib ketishini tilaymiz", deyilgan O‘zbekiston prezidentining AQSh rahbariga yo‘llagan hamdardlik xatida.

O‘zbekiston rahbari terrorizm va ekstremizmning har qanday shaklini qoralagan va O‘zbekiston ushbu terakt bo‘yicha tekshiruvlarda hamkorlik qilishga tayyorligini ma’lum qilgan.

"O‘zbekiston o‘z tomonidan mazkur terroristik aktni tergov qilishda ko‘maklashish uchun barcha kuch va vositalarni ishga solishga tayyor", g‘ deyilgan prezident Mirziyoevning maktubida.

31 oktabr, seshanba kuni Manxettenda yuk mashinasini boshqargan shaxs odamlarni qasddan urib yuborishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi, 12 kishi jarohatlandi.

Yuk mashinasini 29 yoshli Sayfullo Soipov boshqargani, u hibsga olingani xabar qilindi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u bir necha yil muqaddam AQShga O‘zbekistondan kelgan va avvaliga Floridada, so‘ng Nyu-Jersi shtatining Paterson shahrida istiqomat qilgan. Ayni shu shaharda yuk mashinasini ijaraga olib teraktni uyushtirgan. Xabarlarga ko‘ra, haydovchi yuk mashinasini maktab avtobusiga olib borib urgan. Shundan so‘ng u qo‘lida ikkita to‘pponcha bilan avtomobildan chiqqan. Unga qarshi politsiya xodimi yugurib kelgan va unga qarata o‘q otgan. Hujum qilgan shaxs qornidan jarohat olgan. Soipov shifoxonaga olib borilgan va operatsiya qilingan. Uning hayoti xavf ostida emas.

Hujum qilgan shaxsning avtomobilidan yozuv topilgan. Yozuvda uning “Islom Davlati” terror guruhiga sodiqligi ma’lum bo‘lgan. Hodisa FTB tomonidan tergov qilinmoqda.

2016 saylov kompaniyasi davrida Tramp xavfsizlik nuqtai nazaridan noqonuniy muhojirlarga qarshi keskin zarba berishni va’da qilgan edi. U AQShga keluvchi xorijliklar “haddan ziyod” tekshirilishi kerakligiga chaqirgan edi.

XS
SM
MD
LG