Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:59

Nyu-Yorkdagi terakt haqida O‘zbekistonda nimalarni yozayaptilar?


Nyu-Yorkda amalga oshirilgan terroristik hujum haqida O‘zbekistonning davlatga qarashli axborot agentliklari, televidenie va radiosida hech qanday xabar yo‘q. Har holda, hozircha. O'zbekiston24 telekanali lentasida ham bu haqda xabar ko‘rinmadi. Biroq, ayni paytda, o‘zbek tilidagi mahalliy saytlar yozmoqda. Kun.uz sayti bu haqdagi ikki xabaridan birini “Sayfullo Soipov AQShga grin-karta bo‘yicha ko‘chib ketgan”, degan sarlavha ostida berdi.

Sayt o‘z xabarini yozishda CBS News telekanali xabariga tayangan. Aytilishicha, terror hujumini amalga oshirganlikda gumon qilinayotgan Sayfullo Soipov Uber kompaniyasida haydovchi bo‘lib ishlagan.

Uber vakilining CBS Newsga aytishicha, gumonlanuvchi kompaniyada ishlagan va tarjimai holidagi ma’lumotlari tekshirilgan.

Qayd etilishicha, Soipov Qo‘shma Shtatlarga lotereyada grin-kartani yutib olgan holda ko‘chib ketgan. Bu haqda Santa Monica Observer nashri xabar berdi. Diversity Immigrant Visa («Turli millatdagi muhojirlar uchun vizalar») vizalarni o‘ynash dasturi AQSh Davlat departamenti tomonidan amalga oshiriladi. Lotereya g‘olibi kompyuter orqali tasodifiy tanlov algoritmi bo‘yicha aniqlanadi.

Kun.uz Fox News telekanaliga tayanib, uning grin-karta muddati o‘tib ketgani haqda ham yozdi.

Bu sayt “O‘zbekiston Sayfullo Soipov haqidagi ma’lumotni tekshirmoqda” deb ham xabar qildi. Bu haqda yozarkan, sayt RIA Novostiga tayangan. Agentlik esa, ma’lumotni O‘zbekiston TIV vakilidan olgan.

«Nyu-Yorkdagi O‘zbekiston bosh konsulligining xodimlari hozirda OAVning Nyu-Yorkda terakt sodir etishda gumonlanib qo‘lga olingan shaxs o‘zbekistonlik ekani haqidagi xabarlarini rasmiy kanallar orqali tekshirishmoqda. Ayni damda hozircha aniq ma’lumot yo‘q», - degan agentlik suhbatdoshi.

“Kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan shaxs Nyu-Yorkda terakt sodir etishda gumon qilinmoqda” – bu gazeta.uzning sarlavhasi.

NBC xabariga tayanib, gumondor Paterson (Nyu-Jersi shtati) shahrida yashagani, biroq qo‘lga olish chog‘ida undan Florida shtati haydovchilik guvohnomasi chiqqani, unda Tampa shahri manzili ko‘rsatilgani haqda yozdi.

XS
SM
MD
LG