Линклар

BMTning Atrof-muhitni himoya qilish dasturi yetakchisi Erik Solxeym jahon hamjamiyati issiqxona gazlarini kamaytirish bo‘yicha oldiga qo‘ygan maqsadlari bilan kerakli choralar o‘rtasida “halokatli” farq borligini ta’kidladi.

BMTning atmosferani ifloslantirayotgan gazlar haqidagi bu yilgi hisobotida yozilishicha, 2015 yilgi Parij konvensiyasida ko‘rsatilgan choralar amalga oshirilgan taqdirda ham, dunyo harorati 3 gradusga ko‘tariladi.

Mazkur ko‘rsatkichni Parij konventsiyasida belgilangandek, 2 gradusdan oshirmaslik uchun 2030 yilgacha dunyo bo‘ylab havoga chiqariladigan CO2 gazi miqdori 42 milliard tonnaga tushishi kerak. Qiyoslash uchun: o‘tgan yilda Yer atmosferasiga 52 milliard tonna karbonat angidrid chiqarilgan.

Kuni kecha Jahon meteologik tashkiloti 2016 yilda Yer atmosferasidagi karbonat angidrid miqdori rekord darajaga ko‘tarilganini bildirgan edi. Tashkilot 30 oktabr kuni e’lon qilgan hisobotda yozilishicha, o‘tgan yilda atmosferadagi CO2 konsentratsiyasi millioniga 403,3 parchaga ko‘tarilgan. 2015 yilda bu ko‘rsatkich millioniga 400 parchani tashkil etgan edi.

Mutaxassislarning aytishicha, atmosferadagi CO2 miqdorini ozaytirish uchun ko‘mir ishlatadigan zavodlardan voz kechish, o‘rmonlarni kesishni to‘xtatish, ko‘proq daraxt ekib, ozroq go‘sht iste’mol qilish kerak.

XS
SM
MD
LG