Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:28

AQSh sudi Sayfullo Soipovga ayblov bildirdi. Tramp unga o‘lim jazosi berishni taklif qildi


AQSh prezidenti Donald Tramp.
AQSh prezidenti Donald Tramp.

AQSh prokurorlari Nyu-Yorkda 8 odam o‘limida gumonlanib qo‘lga olingan O‘zbekiston vatandoshi Sayfullo Soipovga 1 noyabr kuni terrorchilik bilan bog‘liq ayblov bildirdi. Sayfullo Soipov qo‘lga olish jarayonida qornidan yaralangani uchun Manheten federal sudiga nogironlar aravachasida kishanband qilingan holda olib kelindi. Soipov qotillikdan tashqari “Islom davlati” guruhiga moddiy yordam ko‘rsatganlikda, zo‘ravonlikda va avtomobillarni vayron qilganlikda ham ayblanmoqda.

АҚШ суди Сайфулло Соиповга айблов билдирди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:34 0:00
Бевосита линк

Prokuror: U o‘z harakatidan rohatlanmoqda

Manhetten sudida prokurorlar Sayfullo Soipovni terror harakatini sodir etishga “Islom davlati” guruhi “ilhomlantirgan”, degan xulosaga kelganlarini bildirdilar.

Prokurorlarning aytishicha, qo‘lga olish jarayonida qornidan yaralangan so‘ng kasalxonaga olib borilgan Soipov palatasiga qora bayroq ilib qo‘yishni iltimos qilgan. “U o‘z qilgan harakatidan rohatlanayotgani bilinib turdi”, dedi prokuror sud jarayonida.

Nyu-York politsiyasi rasmiysi Jon Miller ham 1 noyabr kuni matbuot anjumanida Soipov terror harakatini Islom davlati nomidan amalga oshirganini bildirgan edi.

-Dastlabki tergov materiallaridan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, Sayfullo Soipov bu ishni bir necha hafta mobaynida rejalashtirgan. U bu ishni "Islom davlati" nomidan amalga oshirdi. Voqea joyida boshqa ashyoviy dalillar qatorida mana shunga ishorat qiluvchi yozuvlar topildi, -dedi Miller.

Soipov ayblanuvchi huquqlaridan voz kechdi. Qidirilayotgan yana bir o‘zbek topildi

Prokurorlar sudga kasalxonada o‘tkazilgan dastlabki so‘roq paytida Soipov ayblanuvchi ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan huquqlardan voz kechganini hamda ayblovni tan olganini bildirdilar.

Sud tomonidan Soipovga berilgan advokat Devid Patton o‘z himoyasidagi odam “bemor ekanidan kelib chiqib” uni qamoqxona kasalxonasida davolashni davom ettirishni talab qildi.

Prokurorlarga ko‘ra, Soipovdan musodara qilingan ikkita telefonda asosan “Islom davlati” guruhi targ‘ibotidan iborat bo‘lgan 90ta video va 3800ta surat topilgan.

Sud hujjatlarida Soipov “ko‘proq odamlarni o‘ldirish maqsadida Xellouin kunini hujum uchun maxsus tanlab olgani”, bu hujumga “bir yil davomida tayyorgarlik ko‘rgani” ham qayd etildi.

Federal tergov byurosi agenti Amber Tayrining bildirishicha, Soipov voqea joyida pichoqlar, arab va ingliz tilidagi yozuvlarni qoldirgan.

Federal Tergov Byurosi mazkur ish yuzasidan so‘roq qilish maqsadida qidirilayotgan AQShda yashayotgan 32 yoshli o‘zbekistonlik Muhammadzoir Qodirovtopilganini ma’lum qildi. Biroq Qodirov qanday maqomda – gumonlanuvchi yoki guvoh sifatida ko‘rilayotgani to‘g‘risida ochiq aytilmadi.

Трамп Сайфулло Соиповга ўлим жазоси беришни таклиф қилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:50 0:00
Бевосита линк

Tramp Soipovga o‘lim jazosi berilishini talab qildi

AQSh prezidenti 1 noyabr kuni kechqurun o‘zining Tvitter sahifasida “Nьyu – York terrorchisi o‘zini baxtiyor his qilmoqda ekan... u 8 odamni o‘ldirdi, 12 odamni og‘ir jarohatladi. U o‘lim jazosiga hukm qilinishi kerak”, deb yozdi.

AQShning ayrim taniqli qonunchilari Oq uyni Soipovni Kubadagi Guantanamo qamoqxonasiga joylashtirishga chaqirmoqda.

Prezident Tramp 1 noyabr kuni bu masalani o‘rganayotganini, lekin buning uchun avval Soipovni “dushman janggari” sifatida tan olish to‘g‘risida qaror chiqarishi kerakligini aytdi.

AQShning Kubadagi harbiy – dengiz bazasida joylashgan Guantanamo qamoqxonasida AQSh harbiylari tomonidan Iroq va Afg‘onistonda asirga olingan janggarilar saqlangan.

Prezident Barak Obama Guantanamo qamoqxonasini yopish to‘g‘risida ko‘rsatma bergani ortidan bu qamoqxonaga 2008 yildan beri yangi mahbus keltirilmagan edi.

Bundan tashqari Sayfullo Soipov AQShga 2010 yilda grin karta bilan kelgani bois u odil sudlov tizimi doirasida AQSh vatandoshlari ega bo‘lgan huquqlardan foydalanishga haqlidir.

Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders Soipovni “hayvon” deb atagan Tramp uni “dushman janggarisi”, sifatida ko‘ra boshlaginini, ammo hozircha bu borada rasman qaror chiqarmaganini aytdi.

Nyu - Yorkdagi terror ortidan Grin karta dasturi bekor qilinishi mumkin

AQSh prezidenti Donald Tramp Nyu-Yorkda sodir etilgan terraktdan so‘ng Grin karta berish dasturi bekor qilinishini ma’lum qildi. Soipov 2010 yilda Grin karta bilan AQShga kirib kelgani aytilmoqda.

-Men bugun lotoreya dasturini bekor qilish jarayonini boshlayman. Men Kongressdan bu dasturni bekor qilish masalasida zudlikda ish boshlashni iltimos qilaman, -dedi Donalьd Tramp.

Ayni paytda Tram immigrantlarni qat’iyroq tekshirish va ekstremistik ruhdagi muhojirlarni aniqlash dasturini kuchaytirish to‘g‘risida ko‘rsatma berganini 1 noyabr kuni o‘zining Tvitter sahifasida bildirgan edi.

O‘zbekiston vatandoshlarining AQShga kirishi taqiqlanishi mumkin

O‘zbekiston AQShga vatandoshlari kirishi taqiqlangan davlatlar ro‘yxatidan joy olishi mumkin. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders 1 noyabr kuni Vashingtonda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Jurnalistlarning “O‘zbekistonni taqiqlangan davlatlar ro‘yxatiga kiritish masalasi o‘rganiladimi” qabilidagi savollariga Sara Sanders "Biz hozircha bunga chaqirmaymiz, lekin ehtimoldan soqit ham qilmaymiz”, deb javob berdi.

31 oktabrda Nyu-Yorkning Quyi Manhetten mintaqasida Sayfullo Soipov pikap avtoulovida 8 odamni bosib o‘ldirgan va 12 odamni jarohatlagan edi. U voqea joyida qo‘lga olingan.

XS
SM
MD
LG