Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:52

Prezident Trampning Soipovga o‘lim jazosini berish taklifi huquqshunoslar tanqidiga uchramoqda


AQSh prezidenti Donald Tramp.
AQSh prezidenti Donald Tramp.

AQSh prezidenti Donald Tramp Soipovga o‘lim jazosi berish taklifini olg‘a surishda davom etmoqda. Lekin Prezidentning bu taklifi aks ta’sir qilishi mumkinligini aytmoqda amerikalik huquqshunoslar.

Ayni paytda Tramp Nyu-Yorkda 31 oktabr kuni terror harakatini sodir etgan O‘zbekiston vatandoshi Sayfullo Soipovni Kubadagi Guantanamo qamoqxonasiga jo‘natish fikridan voz kechdi.

Soipov Guantanamoga jo‘natilmaydigan bo‘ldi

Prezident Tramp 2 noyabr kuni kechqurun Tvitter sahifasida 29 yoshli Sayfullo Soipovni AQShning Kubadagi harbiy-dengiz bazasi joylashgan mintaqasidagi Guantanamo qamoqxonasiga jo‘natish fikridan voz kechganini ma’lum qildi.

“Nyu-York terrorchisini Guantanamo qamoqxonasiga jo‘natishni xohlar edim, biroq amalda bu jarayon federal tizim orqali juda ko‘p vaqtni talab qiladi”, deb bildirgan Tramp yana bir tvitida Soipovga o‘lim jazosi berish taklifida sobit qolayotganini yozgan.

AQShning ayrim taniqli qonunchilari 1 noyabr kuni Trampni Soipovni Guantanamo qamoqxonasiga joylashtirishga chaqirgan edilar. Tramp o‘shanda bu masalani o‘rganayotgani aytgan.

Soipov Guantanamo qamoqxonasiga joylashtirilishi uchun prezident uni “dushman janggarisi” sifatida ko‘riluvchi qarorni qabul qilishi kerak. Lekin Sayfullo Soipov AQShga 2010 yilda grin karta bilan kelgani bois u odil sudlov tizimi doirasida AQSh vatandoshlari ega bo‘lgan huquqlardan foydalanishga haqlidir. Mana shu holat ham uning Guantanamoda saqlanishini savol ostiga qo‘yadi.

AQShning Kubadagi harbiy – dengiz bazasida joylashgan Guantanamo qamoqxonasida AQSh harbiylari tomonidan Iroq va Afg‘onistonda asirga olingan janggarilar saqlangan.

Prezident Barak Obama Guantanamo qamoqxonasini yopish to‘g‘risida ko‘rsatma bergani ortidan bu qamoqxonaga 2008 yildan beri yangi mahbus keltirilmagan edi.

Prezident Trampning Soipovga o‘lim jazosini tayinlash taklifi, ba’zi amerikalik huquqshunoslar fikricha, aks ta’sir qilishi mumkin.

Independent nashri "Huquqshunoslar Trampning Nyu-Yorkdagi terrorda gumonlanayotgan shaxsga oid tviti u qilishi mumkin bo‘lgan eng yomon ishdir, demoqda", degan sarlavha ostida bir necha mutaxassisning fikrlarini yoritdi.

Masalan, nyu-yorklik advokat Tvitterda bunday deb yozdi: “Janob Prezident, u o‘limga hukm qilinishi lozimligini hammamiz bilamiz. Biroq bu gapni Siz aytganingizdan keyin [Adliya departamenti uchun] bu ishni amalga oshirish qiyin kechadi”.

Huquqshunoslar fikricha, Sudlov tizimi mustaqil bo‘lgan AQSh sharoitida prezident Trampning chaqirig‘i Soipovga nisbatan o‘lim jazosi qo‘llashga emas, aksincha qo‘llamaslikka olib kelishi mumkin.

“Islom davlati” Soipovni “xalifalik askari” deb atadi

Bu haqda “islom davlati”ga qarashli ekani aytiladigan “Al-Naba” gazetasi xabar bergani 3 noyabr kuni ma’lum qilindi.

“Islom davlati askarlaridan biri Nyu-Yorkda bir necha salibiylarga hujum qildi”, deyiladi “Al-Naba” maqolasida.

Nyu-York politsiyasi rasmiysi Jon Miller ham 1 noyabr kuni matbuot anjumanida Soipov terror harakatini “Islom davlati” nomidan amalga oshirgani aniqlanganini, Soipovni terrorchilikka “Islom davlati ilhomlantirgani”ni bildirgan edi.

Ayni paytda Federal Tergov byurosi 1 noyabr kuni Nyu-Yorkdagi terror yuzasidan so‘roq qilinish uchun 32 yoshli O‘zbekiston vatandoshi Muhammadzoir Qodirov so‘roq qilish uchun qidirilayotganini, keyinroq esa bu shaxs topilganini e’lon qilgan edi.

Federal Tergov byurosi Muhammadzoir Qodirov Nyu-Yorkdagi terraktdan manfaatdor shaxs hamda Sayfullo Soipovning do‘sti sifatida ko‘rilayotganini bildirdi.

31 oktabr kuni Nyu-Yorkning Quyi Manhetten mintaqasida avtoulov bilan 8 odamni bosib o‘ldirgan va 12 odamni jarohatlaganlikda gumonlanib qo‘lga olingan Sayfullo Soipovga 1 noyabr kuni Manhetten federal sudida terrorchilik bilan bog‘liq ayblov bildirilgan.

XS
SM
MD
LG