Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:38

Xorazm hokimligi mulozimi aholini "uydagi janjalni tashqariga chiqarmaslik"ka chaqirdi


Uzbekistan - lady assaulted in Urgench bazaar
Uzbekistan - lady assaulted in Urgench bazaar

Xorazm viloyatida ayollar sazoyi qilinishi aks etgan bir qancha video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalishi va axborot vositalarida namoyish etilishi ortidan viloyat hokimligi joylarda “o‘z uyingdagi gapni tashqariga chiqarma” mazmunida yig‘inlar o‘tkazmoqda. Jumladan, Urganchdagi 36-sonli maktabda 4 noyabr kuni o‘tkazilgan tadbirda viloyat hokimligiga yangi tayinlangan hotin-qizlar qo‘mitasi rahbari Sayyora Abdukarimova majlisga yig‘ilgan o‘qituvchi va mahalla faollarini har-xil videolarning xorij axborot vositalariga chiqib ketmasligi uchun, joylarda aholi bilan tushuntirish ishlari olib borishga chaqirgan.

Shu yig‘inda qatnashgan xorazmlik muallimning Ozodlikka aytishicha, hokimiyat xotin-qizlar qo‘mitasi mulozimi Sayyora Abdukarimova har bir uyda janjal bo‘ladi, shuni tashqariga chiqarish shartmi deb aytgan va chet davlatlardagi ayrim axborot vositalarida ishlovchi o‘zbekistonlik jurnalistlarni o‘z vatani haqida yolg‘on narsalarni to‘qib, tarqatayotganlikda ayblagan.

Lekin, Ozodlik bilan Abdukarimova "ayrim axborot vositalari avval bo‘lgan voqeani bugun bo‘ldi, deb bo‘rttirib qo‘rsatayotgani" haqida majlisda gapirganini aytdi.

- Bugun bo‘lgan voqeani emas, oldin bo‘lgan voqealarni katta qilib, bo‘rttirib chiqarib yuboryaptilar ommaviy axborot vositalari, mana shu holatlar bo‘lyapti, dedim. Men buni o‘rganib qo‘rdim, bo‘lmagan ekan-da shunaqa narsa. O‘tgan haftalarda Urganch bozorida ayol sazoyi qilinayotgani aks etgan videolar Internet ijtimoiy tarmoqlardan Rossiya telekanali dasturigacha tarqagan edi. Men ishlayotgan davrimda bo‘lgan emas shunaqa holat, - dedi Abdukarimova.

Ijtimoiy tarmoqlardan Rossiya telekanali dasturigacha tarqagan Urganch bozoridagi samosud videosi¸ Ozodlik suhbatlashgan urganchliklarga ko‘ra¸ shahar buyum bozorida¸ 7 oktabr kuni sodir bo‘lgan.

Урганч самосуд
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:42 0:00

Bunday voqeaning Xorazmda bo‘lmagani va bo‘lmasligini ta’kidlagan viloyat hokimligi mulozimi esa¸ uni "dushmanlar fitnasi" deb atagan edi.

Lekin videoni tomosha qilgan urganchlik do‘kon egasi voqeaning 7 oktabr kuni Urganch shahar buyum bozoridagi kiyim-kechak do‘konida sodir bo‘lganini aytgandi.

Unga ko‘ra¸ taxminan 17 yashar kollej o‘quvchisi bo‘lgan qiz magazindan kiyim o‘g‘irlagan paytda ushlab sazoyi qilingan. Janjalning bo‘lganini Urganch buyum bozorida ikkita do‘koni bo‘lgan boshqa tadbirkor ham tasdiqladi.

Bu suhbatdoshga ko‘ra¸ “samosud qilingan ayolga jismoniy zarar yetmagan.”

Urganch shahar IIBsining buyum bozoridagi Tayanch punktida ishlovchi militsionerning aytishicha¸ o‘sha kuni bu voqea yuzasidan hech kim rasman shikoyat qilmagan.

Militsionerga ko‘ra¸ do‘kon egasidan o‘g‘irlik borasida yoki kollej o‘quvchisidan kaltak yeganlik borasida ariza tushmagan.

XS
SM
MD
LG