Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 18:20

Samarqandda “Abdulla dollarchi” pichoqlandi, bir necha ming dollari o‘g‘irlandi


Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida xalq orasida “Abdulla dollarchi” deb nom chiqargan 34 yoshli tadbirkor pichoqlab ketildi. Guvohlarning Ozodlikka aytishicha, 1 noyabrga o‘tar kechasi noma’lum shaxslar tadbirkorni pichoqlab, yonidagi bir necha ming dollarini o‘g‘irlab, o‘zini olma bog‘iga tashlab ketishgan. Pichoqlangan tadbirkor Pastdarg‘om tuman kasalxonasiga og‘ir ahvolda yotqizildi.

Pastdarg‘om tuman huquq-tartibot idoralarida ishlovchi mulozimning Ozodlikka aytishicha, asli ismi Abdulla Orifjonov bo‘lgan tadbirkorni noma’lum shaxslar uning pulini o‘g‘irlash maqsadida pichoqlaganini tasdiqladi.

- Pichoqlab pulini olishgan. Bir necha ming dollar puli yo‘q. O‘zini olma bog‘ga tashlab ketishgan. Hozir bu bo‘yicha tergov bormoqda. Pichoqlaganlar qidirilmoqda, - dedi Pastdarg‘om huquq-tartibot idoralarida ishlovchi mulozim Ozodlikka.

Pastdarg‘om tumanining eng boy kishilaridan sanalgan Abdulla Orifjonovning bir necha do‘koni bor, ayni paytda u dollarfurushlik bilan ham shug‘ullangan.

Hamqishloqlarining aytishicha, shuning uchun ham u tumanda “Abdulla dollarchi” deb nom chiqargan.

- Yirik miqdorda dollar almashtirmoqchi bo‘lganlar Juma shahridagi uning tochkalariga borishardi. Mayda-chuyda almashtirmasdi. Aytishlaricha, uni pulini olish uchun pichoqlashgan. Sababi, yonida hamma vaqt besh-o‘n ming dollari bo‘lardi uni, - deydi pichoqlangan tadbirkorni yaqindan bilgan pastdarg‘omliklardan biri.

O‘zbekistonda maishiy muammolar negizida sodir bo‘lgan boshqa shu kabi fojealar to‘g‘risida Ozodlik bir necha bor xabar qilgan.

O‘tgan oy Surxondaryoning Qiziriq tumanida xalq orasida “Zulayho Tillochi” deb nom chiqargan 36 yoshli tadbirkor Zulayho Xudoymurodova chavaqlab, o‘ldirib ketilgani va qotillikda gumonlanib, tillochi ayolning doimiy mijozi bo‘lgan homilador ayol qo‘lga olingani haqda Ozodlik xabar bergandi.

Sentabr oyida Toshkent viloyatining Keles shahrida o‘smir o‘g‘irlik maqsadida xonadonlardan biriga kirib, shu xonadonda yashovchi ayolni so‘yib tashlagan, erini pichoqlab yaralagandi.

Avgust oyida Toshkent viloyatining Zangiota tumanida 38 yoshli M. M. ismli sobiq mahkum Nazarbek mahallasining Tarnov daxasida yashovchi 79 yoshli otaxon Ma’ruf Komilovning uyiga qamoqdagi o‘g‘lidan xabar olib kelgan bo‘lib, mehmon bo‘lib qolgan va yarim tunda otaxon, uning 64 yoshli nogiron singlisi Shaxodat va 49 yoshli qizi Sharifani bo‘g‘izlagan edi.

XS
SM
MD
LG