Линклар

Joriy hafta oxirida, shanba kuni Abu-Dabi Luvr muzeyining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. 2007 yili Parij Luvri Abu-Dabida 2012 yilgacha yangi muzey qurilishini e’lon qilgan edi. Muzey ochilishi bir necha marta kechiktirilgan. Abu-Dabi “Luvr” nomidan 30,5 yil davomida foydalanish uchun Fransiyaga 525 million dollar to‘lagan.​

Arxitektor Jan Nuvelning loyihasi bilan barpo etilgan muzeyda dunyo va dinlarning qisqa tarixi bilan tanishish mumkin.

Muzey Abu-Dabidagi Saodat orolida joylashgan bo‘lib, unda Sharq va G‘arb madaniyati va tarixiga oid eksponatlar jamlagan.

Birlashgan Arab Amirliklari rasmiylari Saodat orolini madaniyat hududiga aylantirishni rejalashtirgan edi. Orolda Nyu-Yorkdagi Guggenxaym muzeyining "sherigini" ochish ham rejalashtirilgan edi. Ammo unga ajratilgan yer haligacha bo‘sh turibdi.

Buning sabablaridan biri neft narxlarining tushib ketganidir. 2014 yil bir barrelь neft 100 dollar bo‘lgan bo‘lsa, 2016 yilga kelib uning narxi 30 dollarga tushib qoldi.

Abu-Dabi rasmiylari shahar Luvrini qurish uchun qancha mablag‘ sarflanganini hali ochiqlashgani yo‘q.

Abu-Dabi “Luvr” nomidan 30,5 yil davomida foydalanish uchun Fransiyaga 525 million dollar to‘lagan.

Muzey qurilishida qatnashgan ishchilar og‘ir sharoitda ishlagani va juda oz maosh olgani uchun loyiha keskin tanqidlarga uchradi.

2015 yili ishchilardan biri baxtsiz hodisa tufayli halok bo‘ldi.

Human Rights Watch tashkiloti 2015 yilda e’lon qilgan hisobotga ko‘ra, Saodat orolida ishlagan yuzlab odam, jumladan, Luvr ishchilari og‘ir sharoitlarga qarshi namoyishga chiqqani uchun mamlakatdan badarg‘a qilingan yoki ish vizasidan ayrilgan.

Muzeyda turli dinlar va xalqlarga tegishli eksponatlar yonma-yon qo‘yilgan. Qorong‘u xonalarning birida qadimiy Qur’on nusxasi yonida gotik Bibliyani, buddistlar sutralar ni hamda 149 yildan saqlanib qolgan Tavrotni ko‘rish mumkin.

XS
SM
MD
LG