Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:58

Xotinini pichoqlagan sayramlik o‘zbek qamoqqa olindi


Janubiy Qozog‘iston viloyati Qoratoy tumani Sayram qishlog‘ida yashovchi 34 yashar Xayrilla Normetov qotillikka urinishda ayblanib 14 noyabr kuni hibsga olindi.

Bundan oldin Normetov 31 yashar turmush o‘rtog‘ini xristian diniga kirdi, deya pichoqlaganini e’tirof qilgan va uning o‘zi Whatsap orqali hamqishlog‘iga jo‘natgan video 13 noyabr kuni Ozodlikka etib kelgan edi.

Janubiy Qozog‘iston viloyati Qoratoy tumani ichki ishlar bo‘limidan Ozodlikning qozoq hizmatiga kelgan rasmiy ma’lumotga ko‘ra, Normatov o‘z xotinini 12 noyabr kuni pichoqlagan. Viloyat IIB boshlig‘i Ibrohim Jo‘lonov imzolagan hujjatda yuz bergan jinoyatga oid tafsilotlar bor.

“1986 yili tug‘ilgan sayramlik ayol 12 noyabr kuni ertalab soat 09.05 da pichoq jarohati olib Sayram ovuli kasalxonasiga tushdi. Surishtiruv asnosida jabrlanuvchi va eri Xayrilla Normetov orasida janjal chiqqani aniqlandi. Janjal so‘ngida Normetov o‘z xotinining o‘ng ko‘kragiga xanjar tiqib voqea joyini tark qilgan. Operativ amaliyot natijasida Normetov hibsga olindi. Unga nisbatan Qozog‘iston JKP 106-moddasi 1- bandi (Qasddan tan jarohati yetkazish) asosida jinoyat ishi qo‘zg‘aldi.¸” deyiladi rasmiy ma’lumotda.

Ozodlik muxbiri dushanba kuni Sayram kasalxonasi bilan bog‘lanib¸ eri pichoqlagan ayolning "ko‘p qon yo‘qotgani va ahvoli stabil og‘ir" ekanini aniqlagan edi.

Seshanba kuniga kelib ayolning o‘ng buyragi olib tashlangani ma’lum bo‘ldi.

Pichoqlagangan ayolning qarindoshi dushanba kuni Ozodlik bilan suhbatda "xanjar buyrakni teshib o‘tganligini " aytgan edi.

"Pichoq tiqdi, biroq ammamning qizi boshqa oqimga kirib ketmagan edi. Pochchaning o‘zi esktremistik oqimlarga kirib ketib bola-chaqasiga qaramay qo‘ygandi. Bitta noski obermaydi. Avval ham ammamning qizini o‘ldirish uchun qancha harakat qilgan¸ yostiq bilan bo‘g‘gan. Hozir ammamni qizini amaliyot qilishmoqchi. Pichoq buyrakka qadalgan" degan edi jabrlanuvchining jiyani 13 noyabr kuni Ozodlik muxbiri bilan suhbatda.

XS
SM
MD
LG