Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 09:13

Toshkentda ruhiy kasallar shifoxonasidan qochgan uchinchi bemor ham ushlandi


Shorqul Omonovni "Abu Sahiy" bozorida ushlash jarayonida u militsiya xodimlariga pichoq bilan qarshilik ko‘rsatgan.  
Shorqul Omonovni "Abu Sahiy" bozorida ushlash jarayonida u militsiya xodimlariga pichoq bilan qarshilik ko‘rsatgan.  

Toshkentning Olmazor tumanida joylashgan qattiq nazorat ostidagi ruhiy kasalliklar shifoxonasidan 20 noyabr kuni qochgan uch bemorning uchinchisi ham ushlandi. Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi mulozimining Ozodlikka aytishicha, 33 yoshli Shorqul Omonov 21 noyabr kuni 15.05 da Chilonzor tumanida joylashgan “Abu Sahiy” bozori hududida qo‘lga olingan.

O‘g‘irlikda ayblanib, sud hukmi bilan 9 oydan buyon Olmazor tumanidagi qattiq nazorat qilinadigan ruhiy kasalxonada majburiy davolanayotgan Shorqul Omonov 20 noyabr kuni 2 sherigi bilan qochgan edi.

Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi mulozimining Ozodlikka aytishicha, Omonovni "Abu Sahiy" bozorida ushlash paytida u militsiya xodimlariga pichoq bilan qarshilik ko‘rsatgan.

“U yonida bo‘lgan pichoq bilan ichki ishlar xodimiga qarshilik ko‘rsatib, yon-atrofdagilarga nisbatan jiddiy xavf tug‘dirgan. Uni ushlash payti bir xodimimiz tan jarohati oldi. Shunga qaramay, u Omonovni qurolsizlantirib, qo‘lga olishga muvaffaq bo‘ldi”, - dedi Toshkent IIBsi mulozimi.

Shorqul Omonov bilan birga qochgan Ma’ruf Rashidov va Ahror Hamroev bir kun oldin Toshkentning Olmazor tumanida ushlangan edi.

Omonov bilan birga qochgan Ma’ruf Rashidov va Axror Hamroev bir kun oldin ushlangan edi.
Omonov bilan birga qochgan Ma’ruf Rashidov va Axror Hamroev bir kun oldin ushlangan edi.

Toshkent IIBsi mulozimining Ozodlikka aytishicha, uchchala shaxs o‘ta xavfli jinoyatlarda ayblangan.

Jumladan, Ma’ruf Rashidov odamga qasddan tan jarohati yetkazganlikda, Axror Hamroev esa katta miqdorda narkotik modda noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanganlikda ayblangan.

Qo‘lga olingan uchchala bemor shifoxonaga qaytarilgan. Ular u yerdan qanday qochib ketgani oshkor qilinmayapti.

Bemorlarning keyingi taqdiri nima bo‘lishi haqida ham Toshkent IIBsi ma’lumot bermadi.

XS
SM
MD
LG