Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:49

18 yashar yigit 16 yashar singlisining yigitini yuragiga o‘roq sanchib o‘ldirdi


Payariq tuman tibbiyot birlashmasi
Payariq tuman tibbiyot birlashmasi

25 noyabrga o‘tar kechasi Samarqand viloyat, Payariq tumani Choparoshli Bola qishlog‘i, Taraqqiyot mahallasida yashovchi 18 yashar Sh.M. mahalladoshi 21 yashar J.S.ni yuragiga o‘roq sanchib o‘ldirdi. Viloyat huquq-tartibot idoralaridan birining voqeadan xabardor mulozimining Ozodlikka aytishicha, qotillikka Sh.M.ning 16 yashar singlisi va uning yigiti o‘rtasidagi ishqiy munosabat sabab bo‘lgan.

Voqea ishtirokchilarining ism-familiyalari Ozodlikka ma’lum, lekin tergov jarayoni borayotgani bois, ularning shaxsiga oid ma’lumotlar ochiqlanmayotir.​

Voqeadan xabardor mulozimga ko‘ra, tongga yaqin soat 3 da to‘ydan uyga qaytgan J.S. "uyatli manzaraga guvoh bo‘ladi".

"Sh.M. qishloqdoshi to‘yidan uyiga qaytgach, uyatli manzaraga guvoh bo‘ladi. Sh.ning 16 yashar singlisi M. mahalladoshi J. bilan divan ustida yalang‘och holda yotgan bo‘ladi. Eshikni ochib ko‘rganidan keyin, jahl ustida borib, ayvonda pechka ustida turgan o‘roqni olib, J.ning ko‘krak qismiga uradi", dedi ichki ishlar mulozimi.

Shundan so‘ng, Sh. ning singlisi M. qonga belanib yotgan J.ga yordam berish maqsadida qo‘shnilaridan birini yordamga chaqiradi.

Haydovchi bo‘lgan qo‘shni esa, avtomobilida borib, ayni mahallada yashovchi J.ning ota-onasini hodisa yuz bergan joyga olib keladi.

Taraqqiyot mahallasida yashovchilardan birining aytishicha, ota-onasi J.ni zudlik bilan tuman markaziy shifoxonasiga olib boradi.

Ammo, Payariq tuman markazi - Chelak shahridagi 1- shifoxona navbatchisining Ozodlikka aytishicha, kasalxonaga keltirilgan paytda J.S.ning allaqachon joni uzilgan bo‘lgan.

"25 noyabr ertalab soat beshlarda J. S.ni olib kelishdi. Lekin, kech bo‘lgandi. O‘roq yurakka sanchilgan ekan. J. voqea joyida 10 minut o‘tar-o‘tmas joni uzilgan ekan," dedi Chelak shahridagi 1-shifoxona navbatchisi.

Hodisadan bir necha soat o‘tib, Sh. M. hibsga olingan.

Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘agan Payariq tuman prokuraturasi hozirda tergov ishlarini boshlagan.

O‘zbekiston bo‘ylab, xususan, Samarqand viloyatida sodir bo‘lgan maishiy asosdagi qotilliklar haqida Ozodlik o‘z vaqtida xabar berib keladi.

1 noyabrga o‘tar kechasi Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida xalq orasida "Abdulla dollarchi" deb nom chiqargan 34 yoshli tadbirkor pichoqlab ketilgan edi.

2016 yil iyunida samarqandlik yigitni buyurtma asosida o‘ldirgan qaynota 12 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi.

2014 yil sentabrida Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida 14 yashar qizcha o‘z bobosini pul bermagani uchun bolta bilan chopib o‘ldirgan edi.

XS
SM
MD
LG