Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:07

OzodDayjest: O‘zbek matbuoti birinchi marta saylovdagi ko‘zbo‘yamachilik haqida yozdi (VIDEO)


“Saylov jarayoni yuqori saviyada, shuningdek, har tomonlama shaffof tashkil etilganiga ishonish qiyin”, deb yozdi 24 dekabr kuni Toshkent shahrida o‘tgan xalq deputatlari tuman Kengashlari deputatlari saylovini kuzatib borgan Kun.uz sayti.

Nashrga ko‘ra, Toshkent shahar uchtepa tumanidagi 26-oilaviy poliklinika binosida tashkil etilgan, 10-Zakovat saylov okrugiga qarashli 24-saylov uchastkasida mutassadilar saylov qonunchiligini ochiq-oydin buzilishiga yo‘l qo‘ygan.

“Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasida shunday deyiladi: “Har bir fuqaro - saylovchi bir ovozga ega”. Ammo, havola etilgan manzarada saylovchilar yaqin qarindoshlari yoki do‘stlarining nomidan ham saylov byulletenini savatchaga tashlashini, qo‘lida bir nechta fuqarolik pasporti bilan kirib kelayotganini kuzatish mumkin. Qolaversa, saylov uchastkasiga kiraverishda turgan MFY vakili «​2-nomzod, Jamolov G‘ofur»​ga ovoz berish kerakligini uqtirmoqda”, deyiladi maqolada.

Kun.uz nashriga ko‘ra, Toshkent avtomobil va yo‘llar kasb-hunar kolleji binosida tashkil etilgan 3-Zavqiy saylov okrugiga qarashli uchastkada ham qonunchilik buzilgani kuzatilgan.

Shuningdek, saytda saylov uchastkasida ovoz berish qutisiga bir kishi bir necha dona ovoz berish varaqchasini tashlayotgani to‘g‘risidagi video ham joylashtirilgan.

Kun.uz saytidagi video:

Avvalroq Toshkentda 24 dekabr kuni birinchi marta o‘tkazilgan shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylovda, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 1 million 188 ming 851 nafar saylovchi ishtirok etdi. Bu esa umumiy saylovchilar sonining 76,2 foizini tashkil etgani shahar saylov komissiyasi ma’lum qilgan edi.

Rasmiylar mazkur saylovning o‘zgachaligi qatorida, unda birinchi marta saylovchilarning Yagona elektron ro‘yxati axborot tizimi huquqiy tajriba sifatida qo‘llanigani va bu tizim bir saylovchining boshqa-boshqa saylov uchastkalarida ikki yoki uch marta qayta ovoz berishining oldini olishi haqida aytishgan. Bundan tashqari bu tizim saylovchilar sonini elektron tarzda hisoblab borish imkoniyatini ham paydo qildi.

XS
SM
MD
LG