Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 00:02

Mirziyoevning tanqididan so‘ng yo‘l-patrul postlarini olib tashlash boshlandi(VIDEO)


Bu yerda Andijonga Oltinko‘l tumanidan kirish 36-yo‘l patrul posti bor edi.
Bu yerda Andijonga Oltinko‘l tumanidan kirish 36-yo‘l patrul posti bor edi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning viloyatlar o‘rtasidagi yo‘l-patrul postlari haddan ziyod ko‘pligini tanqid qilgandan so‘ng, Ozodlik olgan ma’lumotlarga ko‘ra, bir qator viloyatlarning ichki yo‘llaridagi ayrim postlar qisqartirildi. Biroq viloyatlar chegarasidagi postlar hanuz ishlab turibdi.

Мирзиёев текшириш назорат пунктлари тугатилишини буюрди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:42 0:00

Andijon shahridagi kirakashlardan birining aytishicha, prezident tanqidining ertasi kuni, 23 dekabrda Oltinko‘l tumanidan Andijon shahriga kirish yo‘l-patrul posti olib tashlangan:

“Bu GAIlar kechayu-kunduz mashinalarni to‘xtatib, turli xil bahonalarni qilib haydovchilarning pulini shiladigan post edi. Hozir bu postning budkalari ham olib tashlandi. Shuningdek, Bog‘ishamoldan chiquvchi 41 yo‘l-patrul postida ham GAIlar yo‘q, bitta melisa turibdi, xolos. Haydovchilar xursand bo‘lib qoldi”, dedi andijonlik kirakash.

Ammo, Andijon viloyat ichki ishlar boshqarmasida ishlaydigan mulozim, tumanlararo postlar hali turganligini aytdi:

“Hali Asaka-Quva, Shahrixon-Quva, Shahrixon-Bo‘z, Asaka-Marhamat tumanlari orasidagi postlar ishlab turibdi. Bularni qoldirish yoki olib tashlash masalasi muhokama qilinyapti”, dedi mulozim.

Мирзиёевнинг танқидидан сўнг йўл-патрул постларини олиб ташлаш бошланди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:31 0:00
Бевосита линк

Buxoro viloyat ichki ishlar boshqarmasi, Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limining o‘zini tanishtirmagan mulozimi viloyatga kiradigan va chiqadigan yo‘llarga qo‘yilgan barcha postlar olib tashlanganini aytdi:

“Buxoro viloyatida uchta katta post: Sarmijon, Qizilqum va Cho‘lquvar postimiz bor edi. Uchchalasida ham xodimlar olinib, yo‘llar ochib tashlandi”, dedi mulozim.

Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasining o‘zini tanishtirmagan mulozimining aytishicha, viloyat bo‘yicha oltita post qolgan xolos:

“Surxondaryo Tojikiston va Afg‘oniston bilan chegaradosh bo‘lganligi sababli yo‘l-patrul postlari, blok postlar juda ham ko‘p edi. Kuni-kecha prezidentimiz tanqididan so‘ng, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, milliy xavfsizlik xizmati vakili va boshqa rahbarlar bilan maslahat kengashi o‘tkazib, shu postlarning eng zarurlarini qoldirib, oltita qoldirdik xolos”, dedi mulozim.

Ammo, O‘zbekistonning hamma viloyatlari orasidagi yo‘l-patrul postlari olib tashlanmagan.

Sirdaryolik kirakash Inomjonning aytishicha, Toshkent va Sirdaryo ichki ishlar mulozimlari prezident topshirig‘ini bajarishga shoshilmayapti:

“Bugun ham Xovosdan Toshkentga borib keldim. Hech qanday o‘zgarish yo‘q. Postlar avvalgiday ishlayapti”, dedi Inomjon.

Mamlakat ichkarisida bojxona posti nega kerak?

Surxondaryo viloyatining Dehqonobod tumanidagi Darband yo‘l-patrul postida bojxona nazorati punkti ham amal qiladi.

Ozodlikka ilgari shikoyat qilgan haydovchilar mamlakat ichkarisida bojxona postining bo‘lishidan norozilik bildirgan edi.

Ozodlik bu savolga javob olish uchun O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasining bojxona nazoratini tashkil etish boshqarmasi mulozimi bilan bog‘landi.

O‘zini tanishtirmagan mulozim, bu postdagi bojxona nazorati punkti O‘zbekiston marhum prezidenti Islom Karimov qarori bilan o‘rnatilgani aytdi.

Mulozim mamlakat ichida bojxona nazorati posti o‘rnatish qanchalik mantiqqa to‘g‘ri kelishi haqidagi savolni javobsiz qoldirdi.

O‘zbekiston marhum prezidenti Islom Karimovning 2016 yilning 9 iyun sonidagi 193-qaroriga muvofiq “Darband” bojxona punktining faoliyati faqat “Termiz-Qarshi” yo‘nalishida harakatlanayotgan avtotransport vositalarida ularni mobil inspeksiya-tekshirish kompleksidan foydalangan holda tekshirish yo‘li bilan kontrabandani aniqlash va oldini olishga yo‘naltirilishi belgilangan.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 22 dekabr Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga Murojaatnomasida, behisob yo‘l-patrul postlari turizmni rivojlantirishga to‘siq bo‘layotgani va oddiy odamlarni qiynab yuborayotgani haqida gapirgan edi:

"Hozirgi vaqtda viloyatlar o‘rtasida yo‘l-patrul postlarining eskicha joylashuvi harakatlanish erkinligini cheklab, savdo-iqtisodiy munosabatlar, ichki va tashqi turizm rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. O‘zingiz o‘ylang, bugungi kunda mamlakatimiz hududida 60 dan ziyod bunday post mavjud. Endi tasavvur qiling, oddiy odam Xorazmdan Toshkentga mashinasida bormoqchi bo‘lsa, yo‘lda 17 ta postdan o‘tadi. Farg‘ona vodiysidan kelayotgan kishi esa 8 ta ana shunday postga duch keladi", degan edi Shavkat Mirziyoev .

XS
SM
MD
LG