Линклар

Шошилинч хабар
16 октябр 2018, Тошкент вақти: 05:19

OzodDayjest: Qo‘qonda o‘quvchining onasi o‘qituvchining yelkasini sindirdi


Bu haqda “ishonchli manbalar”ga tayangan holda xabar bergan Sof.uz sayti voqea 15 dekabr kuni Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi 7-maktabda sodir bo‘lganini qayd etgan.

“...boshlang‘ich sinfda o‘qiydigan o‘quvchining onasi dars vaqtida kelib, qizini boshqa o‘quvchilardan ajratib qo‘yganlik vaji bilan janjal ko‘targan. Ko‘tarilgan shovqin-suron asnosida ona o‘qituvchini turtib yuborgan. Natijada o‘qituvchi sinf xonasining burchagiga yiqilgan. Tez yordam avtomobili o‘qituvchini shifoxonaga yetkazib borganda uning yelkasi singani va miyasi chayqalgani aniqlangan. Shifoxona mazkur holat bo‘yicha ichki ishlarga xabar qilgan. Hozir ushbu ish bo‘yicha surishtiruv ishlari ketyapti. O‘qituvchi shoshilinch tibbiy markazda qolmoqda”, deyiladi Sof.uz xabarida.

Bu xabarni o‘z sahifasida qayta chop etgan Farg‘ona ru nashri O‘zbekistondan avvallari ham o‘qituvchilar haqoratlangani yoki kaltaklangani kuzatilganini yozgan.

Masalan, 1 dekabr kuni o‘zbekistonlik Vyacheslav Shariev Facebook tarmog‘idagi “Sh.M.Mirziyoevning O‘zbekistondagi islohotlari” guruhida 30 oktabr kuni Toshkent shahar sergeli tumanidagi 264-maktabda musiqa o‘qituvchisi bo‘lib ishlaydigan qizi Diana Sharievani maktabga dars tayyorlamay kelgani uchun tanbeh olgan o‘quvchi qizlardan birining onasi kaltaklagani haqida yozgan edi.

XS
SM
MD
LG