Линклар

Шошилинч хабар
16 октябр 2018, Тошкент вақти: 02:28

Roskomnadzor FB va Instagramdan Qodirovning akkauntlari yuzasidan tushuntirish talab qildi


Rossiyaning telekommunikatsiya sohasida qonunchilikka rioya etilishini nazorat qiluvchi Roskomnadzor tashkiloti vakili Feysbuk va Instagram ijtimoiy tarmoqlaridan Checheniston rahbari Ramzan Qodirovga tegishli akkauntlarni o‘chirib qo‘ygani yuzasidan tushuntirib talab qildi. Qodirov – Kreml qo‘llab-quvvatlayotgan rahbarlardan.

“6 dekabr kuni Roskomnadzor Feysbuk rahbariyatiga Ramzan Qodirovning Feysbuk va Instagramdagi akkauntlari to‘sib qo‘yilgani sababini tushuntirish uchun talabnoma yubordi”, deyiladi tashkilot matbuot xizmat tarqatgan bayonotda.

Qodirov ushbu ijtimoiy tarmoqlarni Vashingtondan bo‘layotgan bosimga bo‘ysunib, uning akkauntlarini 23 dekabrdan boshlab to‘sib qo‘ygani uchun ayblab chiqdi. 1-2 kun oldin AQSh Moliya vazirligi unga nisbatan moliyaviy va safarlarini cheklovchi sanksiya joriy qilgan edi.

Checheniston rahbariga ko‘ra, u rus tilidagi akkauntlari ishlamay qolganidan so‘ng ko‘mak so‘rab, Instagramga so‘rovnoma yuborgan, ammo javob olmagan. Instagramdagi ingliz tilli akkaunti dastlab ishlab turgan, ammo keyinchalik unga ham kirib bo‘lmay qolgan.

Qodirovning rus tilidagi Instagram akkauntida 3 milliondan oshiq, Feysbuk sahifasida esa 750 mingdan oshiq izdoshi bor.

Chechenistonning matbuot va axborot vaziri Jambulat Umarov ushbu holatni AQSh hokimiyat idoralarining “iflos kiberhujumli sabotaji” deb atadi.

Magnitskiy qonuni

Instagramdagi sahifasi yopilishidan oldin Qodirov unga bir videoyozuvni joylagan, unda o‘ziga nisbatan Magnitskiy qonuniga ko‘ra joriy etilgan sanksiyalarga javob qaytargan hamda Qo‘shma Shtatlarga safar qilishga hech qanday ehtiyoji yo‘q ekanini aytgan. AQShning ushbu qonuni 2012 yili inson huquqlarini buzayotgan kishilarni jazolash maqsadida qabul qilingan.

Inson huquqlarini himoya qilish tashkilotlariga ko‘ra, Qodirov Chechenistonni nazorat qilib turishda tahdidlardan foydalangan va zo‘rovonlik ishlatgan. Ushbu post-sovet hududida ikki marta bo‘lginchilik urushi, Putin Qodirovni 2007 yili respublikaga rahbar etib tayinlangandan so‘nggi yillardagi mojarolar oqibatida isyon ko‘rinishidagi zo‘rovonliklar ro‘y berdi.

AQShning sanksiyalarga oid qonuni rossiyalik advokat Sergey Magnitskiy nomi bilan ataladi. U soliq tovlamachiligi yo‘li bilan Rossiya davlat xazinasidan 230 million AQSh dollari o‘g‘irlangani haqida shov-shuv ko‘targandan so‘ng qamoqqa olingan edi.

Magnitskiy 2009 yil dekabrida qamoqda vafot etdi. Qarindoshlari va huquq himoyachilarining aytishcha, u qiynoqqa solingan va tibbiy yordam olishiga yo‘l qo‘yilmagan. Yevropa Kengashining surishtiruv xulosasida uning o‘limiga qiynoqlar sabab bo‘lgani aytiladi.

Rossiyaning “Novaya gazeta”si birinchi bo‘lib Chechenistonda politsiya geyligi gumon qilingan kishilarni o‘rab olib, qiynoqqa solgani va tahqirlagani xususida xabar tarqatdi.

Ushbu xabarni keyinchalik “Ozodlik” radiosi va Human Rights Watch ham qisman tasdiqladi. Ushbu tashkilotga ko‘ra, “geylarga qarshi tozalash ishlari” fevral oxiridan aprel boshiga qadar davom etgan hamda “bu ishni Chcheniston rahbarlari buyurgan va amalga oshirgan”.

Qodirov ham, Kreml ham ushbu ayblovlarni rad etib keladi.

Rossiya bilan Amerika Qo‘shma shtatlari o‘rtasidagi munosabatlar Moskvaning Ukrainaga tajovuz qilishi, uning Suriya urushidagi roli va AQSh razvedka xizmatlari ta’biri bilan aytganda, 2016 yilda ushbu mamlakatda bo‘lib o‘tgan prezident saylovi vaqtida Rossiyaning “ta’sir o‘tkazish kampaniyasi” bilan shug‘ullanishi oqibatida yomonlashib ketdi.

XS
SM
MD
LG