Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 00:00

G‘arb mamlakatlari Ukraina sharqidagi asirlar almashuvini olqishladi (VIDEO)


Ғарб мамлакатлари Украина шарқидаги асирлар алмашувини олқишлади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:55 0:00

Yevropa mamlakatlari rahbarlari Kiev bilan Rossiyaga orqa qiladigan bo‘lginchilar o‘rtasida uzoq kutilgan asirlar ayirboshlashni olqishladi. Ayni holat yuzlab sobiq tutqinlarga yangi yil arafasida uyiga qaytish imkonini berdi.

2014 yili Ukraina sharqida urush boshlanganidan beri eng yirik asirlarni almashuv ro‘y berdi. Rasmiylarning xabar qilishicha, 27 dekabr kuni Ukraina hukumati hibsxonalarda ushlab turgan 238 nafar bo‘lginchini Lugansk va Donetsk viloyatlariga topshirdi. Ayni paytda bo‘lginchilar hukumat vakillariga 74 nafar qo‘lga tushgan askar va asirni berdi.

Germaniya kansleri Angela Merkel va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ushbu almashuvni “Yangi yil va pravoslavlarning Rojdestvo bayrami oldidan muhim insoniylik namunasi” sifatida olqishladi.

Yevropa mamlakatlari rahbarlari va almashuv jarayonini nazorat qilgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti ikki tomonni ushbu almashuvdan mintaqada tinchlikka erishish yo‘lida foydalanishga da’vat etdi.

– Almashuv faqat gumanitar amal bo‘libgina qolmay, o‘zaro ishonchni orttirishda ham muhim qadamdir, – dedi tashkilot raisi, Avstriya tashqi ishlar vaziri Karin Kneyssi.

Ukrainaning ozod qilingan askarlari almashuv o‘tkazilgan joydan vertolyotda hukumat nazoratidagi viloyat markazi Xarkov shahriga, u yerdan esa uchoqda Kiev shahriga uchib ketdi.

– Do‘zaxdan qutuldim. Omon qoldim, – dedi sobiq tutqin Yevgeniy Chudensov. Aytishicha, u 2015 yil fevralida Ukarinaning ko‘ngillilar batalyonida xizmat qilayotib, asir tushib qolgan.

Ukarainalik asir Aleksandr Oleynikning onasi unga almashuv vaqtida qo‘ng‘iroq qilib, “Uyga yetay deb qoldim”, deb aytdi.

Ukraina prezidenti Petro Poroshenko bo‘lginchilar ozod qilgan asirlarni tabrikladi va ularni sabr-qanoati uchun maqtadi.

27 dekabr kuni yuzlab kishilar askarlarni uyga qaytgani bilan tariklash uchun Kiev shahri aeroportiga keldi. Ular bayroq va guldastalarni silkitib, “Ukrainaga shon-sharaflar! Qahramonlarga shon-sharaflar!” deb baqirdi.

Almashuv jarayoni Toshkent vaqti bilan taxminan,soat 17:00 da (Grinvich vaqti bilan 12:00 da) boshlandi.

Bo‘lginchilarning Lugansk viloyatidagi vakilasi Olga Kobsevaning “Ozodlik” radiosiga xabar qilishicha, ular nazoratidagi Lugansk viloyatidan 99 nafar asir almashtirilishi kerak edi, lekin ularning 26 nafari yo oldinroq qamoqdan ozod qilingan, yoki bo‘lginchilar nazoratidagi hududga qaytmaslik yo‘lini tanlagan.

Rasmiylarga ko‘ra, Ukraina hukumati Donetsk viloyatidagi bo‘lginchilar qo‘liga 165 asirni topshirdi.

Ukarina ombudsmeni Valeriya Lutkovskayaning aytishicha, hokimiyat idoralari ozod etishni va’da qilgan 306 asirning 43 nafari 27 dekabr kuni almashuv joyiga kelmadi, chunki ular hibsdan oldinroq ozod qilingan edi. 306 asirning 10-15 nafari bo‘lginchilar nazoratiga hududga qaytishni istamadi.

Bo‘lginchilarinng Donetsk viloyatidagi rahbari Aleksandr Zaxarchenko ushbu almashuv tutqinlarni ayirboshlash yo‘lidagi keyingi qadamlarning debochasi ekanini aytdi. Uning fikricha, ayni paytda boshqa asirlarning ham ro‘yxati tuzilmoqda.

Kiev qo‘shinlari bilan Rossiyaga orqa qilayotgan bo‘lginchilar o‘rtasidagi urush harakatlari vaqtida 2014 yil apreliden beri 10300 kishi halok bo‘ldi. Bo‘lginchilar Donetsk va Lugank viloyatlaridagi ma’lum hududlarni nazorat qilib turibdi.

2015 yili o‘t ochishni to‘xtatish borasida erishilgan va “Minsk-2” deb atalayotgan kelishuvga asosan, rasmiy Kiev bilan bo‘lginchilar “barcha garovga olingan va noqonuniy yo‘l bilan ushlab turilgan kishilarni ozod qilishi va almashishi” kerak edi.

Biroq bunday bo‘lmadi. So‘nggi bir yilu 2 oy ichida Kiev bilan bo‘lginchilar asirlarni umuman ayirboshlamadi.

2014 yil fevralida Ukrainaning Moskva siyosatini yoqlovchi prezidenti Viktor Yanukovich Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik bitimini imzolamadi. Shundan so‘ng ommaviy norozilik namoyishlari boshlanib ketdi va Yanukovich hokimiyatdan chetlatildi. Rossiya Ukrainaning Qrim viloyatini bosib oldi hamda Ukraina janubi va sharqida bo‘lginchilik kayfiyatidagi kishilarni gijgijlay boshladi. Rossiyaga orqa qiluvchi bo‘lginchilar Donetsk va Lugansk viloyatlaridagi hududlarni egallab olib, urush chiqardi hamda Rosiyaning Kiev va G‘arb mamlakatlari bilan munosabatlarini chigallashtirib yubordi.

XS
SM
MD
LG