Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:58

Tojikistonda keksa ota-onasini boqishdan bosh tortganlarga jazo kuchaytiriladi


Tojikiston parlamenti 2017 yil 21 dekabr kuni mamlakat Jinoyat kodeksiga kiritgan qo‘shimchaga binoan keksa ota-onalariga vasiylik qilishdan voz kechganlarga nisbatan jazo kuchaytiriladi.

Oldin mas’uliyatsiz farzand 120 dan 180 soatgacha majburiy mehnat yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlariga hukm etilardi.

Tojikiston Milliy Majlisining yuqori palatasi 21 dekabrda Jinoyat kodeksiga o‘zgartirishlar kirtib, keksaygan ota–onaga qarashda mas’uliyatsizlik qilgan shaxslarga nisbatan jazo choralarni kuchaytirdi.

Tojikiston parlamenti Qonunchilik va inson huquqlari qo‘mitasining a’zosi Baxtovar Safarovning Ozodlik radiosiga aytishicha, Jinoyat kodeksining “Qarigan ota-onaga ataylab qaramaslik” moddasiga o‘zgartirish kiritildi va bundan buyon sababsiz va ataylab ota-onaga g‘amxo‘rlik qilishdan bosh tortgan farzand 3 yilga qamaladi.

2016 yil may oyida Tojikistonda bo‘lib o‘tgan referendumda Konstitutsiyaga “mehnatga layoqatli shaxslar ota-onani moliyaviy jihatdan ta’minlash” borasida o‘zgartirish kiritilgandi.

Konservativ tojik jamiyatida farzandlar ota-onaga hurmat va ularga g‘amxo‘rlik qilish ruhida tarbiyalanadi.

Ammo oxirgi yillarda iqtisodiy qiyinchiliklar ortidan bu axloqiy qadriyatga bir qadar putur etgani aytiladi.

Tojikistonda ilk bor o‘tgan yil sud qariya onaning farzandiga nisbatan da’vosini ko‘rib chiqdi.

Janubiy Tojikistondagi Qubodiyon tumanida yashovchi 82 yoshli Sangin Mirzoeva unga qarashdan bosh tortgan o‘g‘li ustidan sudga shikoyat qildi.

Sud bu ishni ko‘rib chiqib, farzandni onasiga har oy 80 somoniy yoki qariyb 10 dollar miqdorida yordam ko‘rsatishga hukm etdi.

Sangin ona o‘sha payt Ozodlik radiosiga bunday degandi:

”O‘g‘limni tarbiya qilib, voyaga etkazdim. Uylantirdim. Hozir keksayib, kasal bo‘lib qoldim. Endi u menga yordam ko‘rsatishi shart,”- deb aytgandi Sangin ona.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yili 2015 yilga nisbatan keksa ota-onalarni farzandlar tomonidan qariyalar uyilariga topshirish hollari qariyb 10 foizga ko‘paygan.

Tojikiston parlamenti quyi palatasini ijtimoiy masalalar, oila va sog‘liqni saqlash qo‘mitasi raisi Hilolbi Qurbonzodaning aytishicha, bunday vaziyat jiddiy muammoga aylangan.

“Rasmiy manbalarga ko‘ra, hozir Tojikiston keksalar internatlarida mingdan ortiq yoshi oltmishdan o‘tgan qariya yashamoqda. Afsuski, bunday keksalar soni har yili ko‘payib bormoqda. Oldin keksa ota-onani internatga topshirish jamiyatda sharmandalik hisoblanardi, edi bu bir oddiy holatga aylangan”, - dedi Hilolbi Qurbonzoda.

Tojikistonda keksalar uchun 43 internat mavjud bo‘lib, ularda uch mingdan ortiq qariya yashaydi.

XS
SM
MD
LG