Линклар

Шошилинч хабар
20 октябр 2018, Тошкент вақти: 01:07

Davlat soliq qo‘mitasi raisi iste’fo so‘rab ariza yozgani aytilmoqda


General-leytenant Botir Parpiev

O‘zbekistondagi eng qudratli generallardan biri sifatida tanilgan Davlat Soliq qo‘mitasi raisi, 71 yashar Botir Parpiev iste’foga chiqish haqida prezidentga ariza topshirgan. Bu haqda Ozodlikka O‘zbekiston hukumatidagi bir-biridan mustaqil ikki manba xabar qildi.

Ozodlik suhbatlashgan mulozimlarga ko‘ra, general-leytenant Parpiev iste’fo so‘rab yozgan arizasini prezident Mirziyoevga ikki oy muqaddam topshirgan.

Davlat Soliq inspeksiyasi yuqori martabali xodimining Ozodlikka bildirishicha, general-leytenant Parpiev ist’efoga chiqish istagini sog‘lig‘i yomonlashgani bilan izohlagan.

"Ikki oy oldin Parpiev mazasi yo‘qligi sababli iste’foga chiqishni so‘rab, prezident Mirziyoevga ariza topshirgandi. Oxirgi paytlarda Parpiev oyog‘i og‘riyotganidan shikoyat qiladi. Lekin, prezident hozircha ishlab tursin, deb uning arizasini qabul qilmagan," dedi Davlat Soliq inspeksiyasi mulozimi.

O‘zbekiston hukumatidagi mulozimning ta’kidlashicha, Botir Parpiev "28 dekabr ertalab o‘z ish joyida edi".

Botir Parpievning iste’foga chiqishni so‘rab ariza topshirgani haqidagi xabar mamlakat soliq tizimi kadrlari orasida yirik qisqartirishlar yuz bergani ortidan kuzatilmoqda.

Soliq tizimidagi qisqartishlar¸ rasmiylarga ko‘ra¸ O‘zbekiston prezdenti qaroriga muvofiq amalga oshirildi.

1 avgust kuni imzolangan mazkur qarorga ko‘ra¸ soliq xizmati jami xodimlari soni 12 131 nafar, markaziy apparat boshqaruvidagilar soni esa¸ 263 nafar etib belgilangan.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev shu yilning 12 iyulida o‘tkazilgan videoselektorda soliq tizimi xodimlarining tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga noqonuniy aralashishlari va asossiz tekshiruvlar o‘tkazishini tanqid qilar ekan¸ yaqin fursatda O‘zbekiston soliq tizimida jiddiy o‘zgarishlar bo‘lishini aytgan edi.

Ayni majlisda Davlat Soliq qo‘mitasi raisi Botir Parpiev prezident tanqidlarini tan olib, tekshiruvlar tadbirkorlikning rivojlanishiga haqiqatdan to‘sqinlik qilishini aytgan edi.

Soliq qo‘mitasi rahbari bu kabi tekshiruvlarga chek qo‘yilishi, qonunga amal qilmaganlarga nisbatan chora ko‘rilishi, tadbirkorlar esa, qo‘llab-quvvatlanishiga va’da bergan edi.

Botir Parpiev O‘zbekiston byudjetiga asosiy tushumni ta’minlovchi muassasa - Davlat soliq qo‘mitasiga 2004 yildan buyon rahbarlik qilib kelmoqda. U O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmatiga 1995 yildan beri uzluksiz raislik qilib kelayotgan mamlakatdagi eng qudratli general - Rustam Inoyatovning qudasidir.

XS
SM
MD
LG