Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:22

Turkiyadan chiqarib yuborilgan o‘zbekistonlik Toshkent aeroportida g‘oyib bo‘ldi


Xamro Achilov
Xamro Achilov

20 dekabrda Turkiyadan deportatsiya qilinib, Istanbulning Otaturk xalqaro aeroportidan Toshkentga uchirilgan 39 yashar Xamro Achilov Toshkent aeroportidan tashqariga chiqmagan. Yaqinlari uni 8 kundan buyon izlamoqda. Achilov yashaydigan Angor tuman, Navshahar QFY profilaktika inspektoriga ko‘ra, "Xamro Achilov ishi bilan milliy xafsizlik xizmati shug‘ullanayotgan bo‘lishi mumkin".​

Bu haqda Ozodlikka xabar bergan Achilov yaqinlari uning Toshkent aeroportida chegarachilar tomonidan hibsga olingan bo‘lishi mumkinligidan xavotir bildirmoqda.

"Baxtsiz hodisa"

Yaqinlarining aytishicha, Surxondaryo viloyat, Angor tumanidan bo‘lgan Xamro Achilov shu yilning fevral oyida ishlash uchun Istanbulga ketgan va 10 oy davomida plastik idishlar va uy-ro‘zg‘or buyumlari ishlab chiqaruvchi kichik bir xususiy korxonada oddiy ishchi bo‘lib ishlagan.

Jiyani Yusup Achilovga ko‘ra, oktabr oyida ishxonada ro‘y bergan “baxtsiz hodisa" tufayli Xamro o‘ng qo‘li ko‘rsatkich barmog‘ining bir qismidan ayrilgan.

- Plastik idishlar ishlab chiqaradigan korxonada ishlayotgandi. O‘ng qo‘li ko‘rsatkich barmog‘ini kesib oldi. Barmog‘ining ikki bo‘g‘in kesilib ketdi. Plastik kesadigan pichoqning orasiga bilmasdan qo‘lini tiqib olgan, - dedi Yusup Achilov.

Mazkur hodisa ortidan Istanbuldagi shifoxonada bir necha hafta davolanib chiqqan Xamro Achilov yangi yilni oilasi bilan kutib olish uchun O‘zbekistonga qaytishga qaror qiladi.

Yusup Achilovning aytishicha, 20 dekabrda Istanbul aeroportining pasport nazoratida chegarachilar amakisining Turkiyada 9 oydan buyon noqonuniy istiqomat qilganini aniqlashadi va uni Turkiyaga qaytib kirish huquqidan mahrum qilishadi.

- Payshanba kuni ertalab Toshkentga yetib borishi kerak edi. Lekin daragi chiqmadi va juma kuni tekshirishni boshladik, - dedi Yusup Achilov.

"Hech qanday ma’lumot bermaymiz"

Xamro Achilovning yaqinlari Ozodlikka uni bir haftadan buyon qidirayotganlarini aytdi.

"Toshkent aeroportiga borib keldik. Aeroportdagi chegarachilar: hech qanday ma’lumot bera olmaymiz, deyishdi. Mayli, aeroportdagi video kamerani ko‘rsatinglar desak, ko‘rsata olmaymiz, deyishdi. Agar jinoyat qilgan bo‘lsa, jazosini olsin. Faqat qaerdaligini aytsinlar," - dedi ismi sir qolishini istagan Achilov yaqinlaridan biri.

Ozodlikning Toshkent aeroportidan ma’lumot olish urinishlari natija bermadi.

Biroq, Ozodlik 28 dekabr kuni gaplashgan Angor tumani Navshahar QFY profilaktika inspektoriga ko‘ra, "Xamro Achilov ishi bilan milliy xafsizlik xizmati shug‘ullanayotgan bo‘lishi mumkin".

"IShID-kontrol"

2015 yil dekabrida Ozodlik Toshkent aeroportida "Islom davlati" ekstremist tashkilotiga aloqador shaxslarni aniqlash bo‘yicha maxsus guruh ish olib borayotgani haqida xabar bergandi.

Unda yo‘lovchilar orasida "IGIL-kontrol" nomi bilan tanilgan guruh xorijdan uchib kelgan yo‘lovchilarni maxsus suhbatdan o‘tkazayotgani aytilgan edi.

Biroq, Xamro Achilov yaqinlariga ko‘ra, u "umuman dindor yigit emas".

XS
SM
MD
LG