Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:02

"Shavkat Mirziyoevga uning kamchiliklarini aytadigan bitta vazir kerak!"


Taniqli jurnalist Sharof Ubaydullaev
Taniqli jurnalist Sharof Ubaydullaev

Tugayotgan yilning so‘nggi OzodNazarida gapirgan o‘zbekistonlik taniqli jurnalist Sharof Ubaydullaev Shavkat Mirziyoev tomonidan "xalq bilan muloqot" yili deb atalgan 2017 yil davomida hokimiyatning xalq ko‘z o‘ngidagi qiyofasini belgilagan ayrim voqealarga munosabat bildirdi.

Xususan, Ubaydullaev¸ 2017 yil davomida o‘zbekistonlik ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini junbushga solgan urong‘ich-so‘kong‘ich hokimlarning ma’muriy jazoga tortilgani holda¸ o‘z lavozimida qolgani haqidagi so‘nggi rasmiy xabarlarga munosabat bildirdi.

Shavkat Mirziyoev 22 dekabr kungi murojaatida hokimlarni o‘zining joylardagi "konstitutsion vakili" ekanini alohida ta’kidlab¸ ularga qarshi o‘z ruxsatisiz jinoiy ish ochishni taqiqlagan edi.

Shavkat Mirziyoevning o‘sha "vakillari" orasida sud tomonidan "mayda bezori"likda ayblanganlarning amal kursisida saqlanib qolishi (Andijon shahar hokimi va Sayxunobod hokimi ayni shunday ayb bo‘yicha mahalliy mahakamaga tortildi - tahr.) xalqqa qanday siyosiy mujda beradi?

Urong‘ich-so‘kong‘ich hokimlar siyosiy va jinoiy jazosiz qolayotgan bir vaziyatda¸ prezident g‘azabiga uchragan moliya tizimi mutaxassislarining "qatron" qilinishi Mirziyoev boshqaruv tizimi mezonlari haqida nima deydi?

Shu va boshqa savollarga Sharof Ubaydullaev mulohazalarini quyida tinglashingiz mumkin.

"Шавкат Мирзиëевга фақат унинг камчиликларини айтадиган битта вазир керак!"
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:21:08 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG