Линклар

Шошилинч хабар
22 апрел 2018, Тошкент вақти: 17:27

Iglesias konsertiga bepul biletlar 5 million so‘mgacha sotilgan


Ispaniyalik taniqli yulduz Enrike Iglesias.

Ispaniyalik xonanda Enrike Iglesiasning 28 dekabr kuni Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyida bo‘lgan konsertiga bepul chiptalar chayqovchi va o‘rtakashlar qo‘liga o‘tib, 5 million so‘mgacha sotilgani uchun Yoshlar Ittifoqi tanqidga qoldi. Ijtimoiy tarmoqlarda “Shu uyushgan yoshlarmi? Millat kelajagi shu olib-sotarlarga qoldimi?", degan tanqidlar aytilmoqda. Iglesiasning Toshkentdagi bir kunlik konserti kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonovdan O‘zbekiston yoshlariga Yangi yil sovg‘asi ekani aytilgandi.

Enrike Iglesias kontsertiga biletlar Yoshlar Ittifoqi tarafidan faol va iqtidorli yoshlarga va bolalar uyi tarbiyalanuvchilariga bepul tarqatilishi aytilgandi.

Lekin, bepul biletlar chayqovchi va o‘rtakashlar qo‘liga o‘tib, 5 million so‘mgacha sotildi.

Ozodlik mobil muxbiri olibsotarlar balkondagi joy uchun biletni 1 million so‘mdan,zaldagi joylar uchun biletlarni 5 million so‘mgacha narxda sotilganini ko‘rganini aytdi.

- Konsert kuni saroy atrofi bilet chayqovchilariga to‘lib ketdi. Ular orasida o‘zlariga berilgan biletlarni pul ishlab olish uchun sotayotgan o‘sha qo‘shtirnoq ichidagi iqtidorli yoshlar ham bor edi, - deb xabar berdi Ozodlik mobil muxbiri.

Ispaniyalik xonanda Enrike Iglesiasning 28 dekabr kuni Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyida bo‘lgan konsertiga bepul chiptalar chayqovchi va o‘rtakashlar qo‘liga o‘tib, 5 million so‘mgacha sotilgani uchun Yoshlar Ittifoqi tanqidga uchradi.

Facebook tarmog‘ining Abdurahim Abdug‘afforoq ismli foydalanuvchisi: "Enrike Iglesias konsertiga bilet sotilmaydi, faqat tanlanganlar kiradi, deyishgandi. Tanlanganlar Yoshlar ittifoqimi? Unda chayqovchilarga biletlarni kim beribdi? Shu uyushgan yoshlarmi? Millat kelajagi shu olib-sotarlarga qoldimi?", - deb fikr bildirdi.

Yoshlar Ittifoqi raisining o‘rinbosari Kamoliddin Beknazarov Ozodlik bilan suhbatda bepul tarqatilgan biletlar chayqovchilar qo‘liga o‘tib ketganidan xabari yo‘q ekanini aytdi.

Beknazarov Iglesias konserti uchun biletlarni faqat Yoshlar Ittifoqi tarqatmaganini ham qo‘shimcha qildi.

- Bizni tarqatgan biletlar yuz foiz qo‘lma-qo‘l sotilmagan, chunki biz biletlarni sardorlarga, quyi tashkilot yetakchilariga berib, qo‘l qo‘ydirib, qo‘liga topshirganmiz. Chayqovchilik bo‘lgan bo‘lsa boshqa tashkilotlarga ham biletlar bo‘lib berilganku, biz uni o‘ndan birini tarqatganmiz, - dedi Beknazarov.

илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:19 0:00
Бевосита линк

Konsert chiptalari oliygohlarning a’lochi talabalariga, faol yoshlarga, bolalar uyi tarbiyalanuvchilari va nogironlarga O‘zbekiston Madaniyat vazirligi va Yoshlar Ittifoqi hamda Mehribonlik uylari tomonidan tarqatilishi aytilgandi.

Enrike Iglesias - Alisher Usmonov ushbu oyda O‘zbekistonga olib kelgan xorij yulduzlarining uchinchisi bo‘ldi.

Usmonov britaniyalik qo‘shiqchi Robbi Uilyams va ispaniyalik tenor Xose Karrerasni ham Toshkentdagi konsertini tashkillashtirgani habar qilindi.

Mahalliy nashrlar tomonidan "uch xorij yulduzining konsertlari Usmonovning o‘zbekistonliklarga yangi yil tuhfasi", deya taqdim qilindi.

Robbi Uilyams konserti o‘zbekistonlik tomoshabinlar orasida keng bahs-munozaraga sabab bo‘ldi: Birinchidan, konsertga biletlar 1 yarim million so‘mdan 2 million so‘mgacha narxda sotilgani va ikkinchidan, konsert payti qo‘shiqchining tomoshabinlarga orqasini ko‘rsatgani ijtimoiy tarmoqlarning asosiy mavzusiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev va Alisher Usmanovni qarindoshlik rishtalari o‘zaro bog‘lab turadi. Diyora Usmonova – Mirziyoevning rafiqasi jiyani bo‘lib, Alisher Usmonovning jiyani, 2013 yilda Toshkentdagi YHHda halok bo‘lgan Boburning bevasidir.

Bundan avval Alisher Usmonov O‘zbekiston prezidentiga o‘z uchog‘ini foydalanishga bergandi.

"O‘zbekiston havo yo‘llari" shirkati rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning Airbus 340 M-IABU uchog‘i O‘zbekiston prezidentining rasmiy uchog‘i sifatida uzoq masofaga mo‘ljallangan reyslarda foydalanish maqsadida vaqtincha ijaraga olinganini ma’lum qilgandi.

XS
SM
MD
LG