Линклар

Шошилинч хабар
20 июн 2018, Тошкент вақти: 19:53

Ilgari turli diniy oqimlar ta’siriga tushib qolgani sababli ozodlikdan mahrum etilgan va O‘zbekistonning joriy prezidaenti Shavkat Mirziyoev qarori asosida ozodlikka chiqarilgan va afv etilgan fuqarolar uchun Samarqand viloyatiga ikki kunlik ziyorat tashkil etilgan.

Bu haqda O‘zbekiston Musulmonlar idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, sobiq mahkumlar Samarqanddagi "Imom Buxoriy" yodgorlik majmuasida bo‘lishgan, shuningdek, O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov maqbarasini ham ziyorat qilishgan.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida prezident Shavkat Mirziyoev 2 ming 700 nafar sudlanganlarni afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzolagandi.

O‘tgan bir yil davomida 14 nafar jurnalist, siyosiy partiyalar faollari va inson huquqi himoyachilari Muhammad Bekjon, A’zamjon Farmonov, Solijon Abdurahmonov, Bobomurod Razzoqov, G‘anixon Mamatxonov, A’zam Turg‘unov, Rustam Usmonov, Samandar Qo‘qonov, Erkin Musaev, Botirbek Eshqo‘ziev, Bahrom Ibrohimov, Davron Qobilov, Davron Tojiev va Muhammadali Qoraboev ozod etildi.

Hyuman Rayts voch inson huquqlarini himoya qilish tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston qamoqxonalarida yana 12 nafar inson huquqi faoli va jurnalistlar qolmoqda.

XS
SM
MD
LG