Линклар

20 январ 2018, Тошкент вақти: 16:26

Yangi yil arafasida Tojikiston shimolidagi Xo‘jand shahrida 4 kishi zaharlanish oqibatida halok bo‘ldi va yana 4 kishi kasalxonaga yotqizildi.

Xo‘jand shahar prokuraturasi ushbu hodisa yuzasidan tergov ishlari boshlanganini ma’lum qildi.

Sug‘d viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Akbar Sharifovning 2 yanvar kuni Ozodlik radiosiga aytishicha, bu shaxslar nimadan zaharlanganini aniqlash maqsadida ekspertiza tayinlangan.

“30 dekabrda qo‘shnilar Yangi yilni nishonlash maqsadida palov pishirib, bayram dasturxoni uyushtirgan. Natijada, 4 kishi ovqatdan zaharlanib jon bergan, salomatligi juda og‘ir bӯlgan yana 4 nafar kasalxonaga yotqizilgan,” - dedi Akbar Sharifov.

Ammo mahalla ahli fikricha, bu shaxslar palovdan emas, balki sifati past aroqni iste’mol qilish oqibatida halok bo‘lgan.

Ichki ishlar xodimlariga ko‘ra, qurbonlarning barchasi yoshi ellikdan o‘tgan erkaklardir.

Zaharlanish oqibatida hodisa joyida halok bo‘lgan Tohir Nosirovning qarindoshi Ozodlik radiosi bilan suhbatda bayram dasturxoni bir oila hovlisida o‘tkazilgani, dasturxonga osh tortilgani va spirtli ichimliklar ichilganini aytdi.

Yangi yil bayramini nishonlash jarayonida halok bo‘lgan 4 nafar 31 dekabrda dafn etildi.

O‘lganlar yaqinlari Sug‘d viloyat va Xo‘jand shahar mulozimlaridan mazkur hodisani jiddiy tekshirib, aybdorlarni jazolashni talab qilmoqda.

Hozircha bayram dasturxoni atrofidagi shaxslar aynan nimadan zaharlangani ma’lum emas.

O‘tgan yil ayni mahallada 2 kishi sifati past aroq iste’mol qilish oqibatida halok bo‘lgandi.

XS
SM
MD
LG