Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:21

OzodNazar: “Mirziyoev odamlarni o‘ziga mahliyo qilishni uddalayapti, lekin...”


1992 yilda O‘zbekistonda qamalish va o‘lim tahdidi ostida vatanini tark etgan va Avstriyada siyosiy boshpana topgan Yodgor Obid o‘zbekistonlik siyosiy muhojirlar orasida yoshi eng ulug‘i.
1992 yilda O‘zbekistonda qamalish va o‘lim tahdidi ostida vatanini tark etgan va Avstriyada siyosiy boshpana topgan Yodgor Obid o‘zbekistonlik siyosiy muhojirlar orasida yoshi eng ulug‘i.

OzodNazar eshittirishining bugungi mehmoni, qariyb 20 yildan buyon Avstriyada qochqinlikda yashayotgan o‘zbekistonlik taniqli shoir Yodgor Obid O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning Yangi yil tabrigida aytgan “chet ellardagi vatandoshlarimiz bilan aloqalarni kengaytirishga yanada katta e’tibor qaratamiz", degan gapiga munosabat bildirarkan, “Mirziyoev aytayotgan gaplar menga Karimovning dastlabki prezidentligi davrida aytgan gaplarni esga soladi. U odamlarni o‘ziga mahliyo qilishni uddalayapti, lekin aytilayotgan gaplar amalda ko‘rinmayapti”, - dedi.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:50 0:00
Бевосита линк

1992 yilda O‘zbekistonda qamalish va o‘lim tahdidi ostida vatanini tark etgan va Avstriyada siyosiy boshpana topgan Yodgor Obid o‘zbekistonlik siyosiy muhojirlar orasida yoshi eng ulug‘i.

Bu yil shoir 79ga kiradi. “O‘zbekistonga qaytish istagi doim bo‘lgan, lekin Mirziyoev meni umidlantirgan gapni hali aytgani yo‘q”, - dedi Avstriyada yashayotgan o‘zbek shoiri Yodgor Obid.

XS
SM
MD
LG