Линклар

Шошилинч хабар
18 октябр 2018, Тошкент вақти: 22:59

Toshqin xavfi bois Amudaryo ko‘prigi yopib qo‘yildi (VIDEO)


Амударëдаги кўприк ëпилди
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:17 0:00

Amudaryodagi ko‘prik yopildi

1 yanvar kuni Amudaryo tumanini Qoraqalpog‘istonning boshqa hududlari bilan bog‘lovchi yagona ko‘prik yopib qo‘yildi. Mutasaddilarga ko‘ra, Amudaryodagi muzning erishi oqibatida toshqin xavfi yuzaga kelgani sabab ko‘prikdan o‘tish to‘xtatilgan. Amudaryoliklar ko‘prik yopilgani bois uch kundan buyon qiynalayotganliklaridan norozi bo‘lmoqda.

Amudaryo tumanida yashovchi mustaqil jurnalist Solijon Abdurahmonovning Ozodlikka xabar berishicha, Amudaryo ustidagi ko‘prik uch kundan buyon yopiq qolayotgani sabab odamlar norozi bo‘lmoqda:

- Amudaryo tumanini Qoraqalpog‘istonning boshqa tumanlari bilan bog‘lab turuvchi Amudaryo ustidagi yagona ko‘prik va yagona yo‘l 1 yanvar kuni daryo muzi yura boshlagani uchun yopib qo‘yildi. 1-, 2- yanvar kunlari ko‘prikdan o‘tish imkoni bo‘lmagan. Yangi yilda mehmonga ketganlar qayiqda amallab o‘tishayapti. Lekin qayiqlar ham jihozlanmagan, texnik xavfsizlik tomonidan javob bermaydi,- dedi Abdurahmonov.

Solijon Abdurahmonov ko‘prik yopilgani bois, aholi duch kelayotgan muammolarni sanadi. Bu haqda quyidagi suhbat orqali tanishasiz:

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:25 0:00
Бевосита линк

Amudaryo tuman hokimligidan olingan ma’lumotga ko‘ra, Amudaryoda muz ko‘chishi natijasida muzlarning ko‘prik ostiga tiqilib, toshqin sodir qilish xavfi yuzaga kelgani bois ushbu ko‘prik transport va piyodalar o‘tishi uchun yopib qo‘yilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, maxsus pontonlar ustiga qurilgan ko‘prik bir necha qismdan iborat bo‘lib, toshqin xavfi yuzaga kelgan paytlari ko‘prikning o‘rta qismi olib qo‘yiladi va o‘rtasida muz o‘tishi uchun joy ochiladi.

Tuman hokimligi xodimi 3 yanvar tush payti Ozodlik bilan suhbatda ko‘prikni ochish ustida ish olib borilayotganini ta’kidladi.

Amudaryo tumanida 150 ming aholi yashaydi. Mahalliy aholi o‘tgan asrning 80-yillarida qurilgan ushbu ko‘prik o‘rniga zamonaviy ko‘prik qurish iltimosi bilan bir necha bor chiqishgan. Biroq hozircha biror ijobiy natija bo‘lmagan.

XS
SM
MD
LG