Линклар

Шошилинч хабар
26 сентябр 2018, Тошкент вақти: 15:43

Daniyada narxi 1,3 million dollar bo‘lgan aroq shishasi o‘g‘irlandi


O‘g‘irlangan aroq shishasi 3 kilo oltin va 3 kilo kumushdan yasalgan.

Daniya poytaxti Kopengagendagi Café 33 baridan narxi 1 million 300 ming dollar bo‘lgan rus arog‘i shishasi o‘g‘irlab ketildi. Bar egasi matbuotga bildirgan bu xabarni Daniya politsiyasi 3 yanvar kuni tasdiqladi.

“Men bu shishani dunyodagi eng qimmat avtomashina va aroq chiqaruvchi “Dartz” shirkatidan sotib olgan edim. Bu shisha 6 oydan beri mening kolleksiyamning bezagi bo‘ldi”, dedi TV2/Lorry telekanaliga bar xo‘jayini Brayan Ingberg.

Bardan o‘g‘irlangan “Russo-Balt" arog‘ining shishasini Brayan Ingberg sug‘urta qilmaganini aytdi.Bu dunyodagi eng qimmat shisha hisoblanadi.

Latviyadagi “Dartz Motorz” shirkati asosan zirhli avtomobillarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.

6 kiloli mazkur shishani yasash uchun uch kilogramm oltin va uch kilogramm kumush ishlatilgan. Bundan tashqari shishaning sirti 1912 yilda ishlab chiqarilgan "Monte Karlo" avtomashinasi o‘tirg‘ichidan olingan teri bilan qoplangan.

“Men bu voqeadan juda xafaman. Chunki bu shisha mening 1200 shishadan iborat bo‘lgan kolleksiyam ichida eng o‘zgachasi edi”, dedi Brayan Ingberg.

Ma’lumotlarga qaraganda, o‘g‘ri barda faqat uch daqiqa bo‘lgan va shundan kelib chiqib, uning maqsadi faqat mana shu shishani o‘g‘irlash bo‘lgan, deb tahmin qilinmoqda.

Ingberg o‘g‘irlikda barning sobiq xizmatchisini gumonlamoqda. Unga ko‘ra, sobiq xodim kalitlarning dublikatini yasatib olish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Politsiya ayni paytda gumonlanuvchini qidirmoqda.

Bu aroq shishasi AQShda ishlab chiqarilgan “Kartadan qurilgan uy” teleserialida namoyish etilganidan so‘ng mashhur bo‘lib ketgan edi.

Mazkur serialda Rossiya prezidenti Petrov rolini ijro etgan daniyalik Lars Mikkelsen AQSh prezidenti Frenk Andervud roli ijrochisi Kevin Speysini mana shu shishadan quyilgan aroq bilan mehmon qiladi.

XS
SM
MD
LG