Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:51

Eron parlamenti aksilhukumat namoyishlarini yopiq eshiklar ortida muhokama qildi


Eron parlamenti 7 yanvar kuni bir haftadan beri tinchimayotgan aksilhukumat namoyishlar bo‘yicha maxsus sessiya o‘tkazdi. ISNA xabar agentligi yopiq eshiklar ortida o‘kazilgan yig‘inda ichki ishlar vaziri, Eron razvedka xizmati yetakchisi hamda xavfsizlik kengachi yetakchisi ishtirok etganini bildirdi.

Islohot tarafdori bo‘lgan deputatlar tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan sessiya davomida namoyishlar sababi ko‘rib chiqildi.

ISNA xabar agentligi yopiq eshiklar ortida o‘kaziladigan yig‘inda ichki ishlar vaziri, Eron razvedka xizmati yetakchisi hamda xavfsizlik kengachi yetakchisi ishtirok etganini bildirdi.

Sessiya davomida, shuningdek, islohot tarafdorlarining qo‘lga olingan nanoyishchilarga yuridik ko‘mak berish iltimosi ham ko‘rib chiqildi.

Tehronda 3 yanvardan beri hukumatga qarshilar va uni qo‘llovchilar namoyishlari tinchigani yo‘q. Eronning ikkinchi yirik shahri Mashhadda boshlangan namoyishlar tez orada boshqa shaharlarga ham tarqaldi.

Namoyishchilar dastlab oziq-ovqat va boshqa zarur mahsulotlar narxining oshishiga norozilik bildirgan edi. Ammo namoyishlar tez orada hukumatga qarshi g‘azab ifodasiga aylanib ketdi.

Bu orada hukumat telekanallari hukumat tarafdorlarining “AQShga o‘lim!” “Isroilga o‘lim!” “Britaniyaga o‘lim!” deya hayqirayotgani aks etgan lavhalarni namoyish qilmoqda.

Bir haftadan beri tinchimayotgan namoyishlarda 22 kishi qurbon bo‘ldi va 1700 dan oshiq kishi hibsga olindi. Bu Eron rahbariyati so‘nggi o‘n yil ichida duch kelgan eng yirik norozilik namoyishi ekani aytilmoqda.

Jahon bo‘ylab eronlik muhojirlar mamlakat elchixonalari oldida namoyishga chiqdi. Bu kabi namoyishlar Berlin, Stokgolm, Parij, London kabi shaharlarda bo‘lib o‘tdi.

AQSh Erondagi norozilik namoyishlarini va ushbu mamlakatga nisbatan yangi sanksiyalar joriy etish masalasini muhokama qilish yuzasidan BMT Xavfsizlik kengashi majlisini o‘tkazish taklifi bilan chiqdi. Ammo Rossiya bunga keskin qarshilik bildirdi.

Hukumat noroziliklar haqidagi axborot tarqatilishiga barham berish uchun ijtimoiy tarmoqlarni to‘sib qo‘ygan. Xabarlarga ko‘ra, hozirda mamlakatda Telegram, Instagram hamda Facebook Messenger xizmatlari ishlamayapti.

XS
SM
MD
LG