Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:27

O‘zbekiston bosh vaziri Dushanbega Mirziyoevning safarini uyushtirish uchun ketmoqda


Bosh vazir Abdulla Aripov (Ozodlik arxividan)
Bosh vazir Abdulla Aripov (Ozodlik arxividan)

Joriy haftada Dushanbega safar qilayotgan O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Tojikiston rasmiylari bilan iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va chegara masalalarini muhokama qilishi rejalashtirilgan.

Bu haqda Ozodlikka Tojikiston hukumatidagi manba ma’lum qildi.

Tojikiston prezidenti matbuot kotibi Abdufattoh Sharifzodaning Ozodlik radiosi tojik xizmatiga bildirishicha, Abdulla Aripov Tojikistonda 10-11 yanvar kunlari bo‘ladi.

Unga ko‘ra, Abdulla Aripov Tojikiston prezidenti va Bosh vaziri bilan uchrashib, ikki davlat orasida savdo va iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, davlatlararo chegaradagi bahsli hududlarni muhokama qilishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Bosh vazirining Tojikistonga safari jarayonida Prezident Shavkat Mirziyoevning Dushanbega rasmiy tashrifi muhokima qilinadi.

Shavkat Mirziyoevning Tojikistonga safari joriy yilning bahorida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

6 yanvar kuni Toshkent viloyat xalq deputatlari kengashi sessiyasida nutq so‘zlagan O‘zbekiston prezidenti Tojikistonga rasmiy safar qilish uchun tayyorgarlik ko‘rayotganini ma’lum qildi.

O‘zbekiston prezidentining Tojikistonga tashrifi davomida yirik va muhim ikki tomonlama bitimlar imzolanishi kutilmoqda.

"Tojikistonga safarga tayyorgarlik qilib keladi Abdulla Nig‘matovich, biz katta-katta shartnomalarga qo‘l qo‘yib, temir yo‘l ham ochiladi Tojikiston bilan, elektr uzatish liniyalarini ham ochishga kelishdik...", dedi prezident.

Tojikiston parlamenti Xalqaro aloqalar qo‘mitasi raisi Olim Salimzoda Ozodlik radiosi bilan suhbatda O‘zbekiston prezidentining Tojikistonga kutilayotgan rasmiy safari ikki davlat orasidagi munosabatlarning yanada yaxshilanishida “tarixiy bir hodisa”, deya baholadi.

“Men ushbu safar natijasida Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida viza rejimining osonlashishiga umid bog‘layman. Shuningdek, safar jarayonida temir yo‘l aloqalari, energetika sohasida hamkorlik va oldingi avtobus va poezdlar qatnovlarini tiklash masalalari muhokama bo‘lishi kutilmoqda,”- dedi Olim Salimzoda.

Tahlilchilar fikricha, O‘zbekiston prezidentining Tojikistonga rasmiy safari ikki davlat orasidagi munosabatlarni yaxshilash va vatandoshlarning bordi-keldilarini osonlanishtirishga yo‘l ochadi.

Ammo, tahlilchi Abduqodir Rustamning ishonishicha, viza rejimi va chegara mintaqalarining minalardan tozalanmay qolayotgani ikki davlat munosabatlarining yanada yaxshilanishiga to'sqinliq qilmoqda.

“Ikki davlat orasida aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish va chegara o‘tish punktlarini ochishdan avval viza rejimini bekor qilish lozim. Bu boshqa muammolarni hal qilishga yo‘l ochadi. Shuningdek, O‘zbekiston prezidentining Tojikistonga rasmiy safari jarayonida ikki davlat chegara oldi mintaqalarni minalardan tozalash masalasi ham muhokima bo‘lishi kerak,” -dedi Abduqodir Rustam.

Islom Karimov vafotidan so‘ng prezidentlikka kelgan Shavkat Mirziëev Tojikiston bilan munosabatlarni yaxshilashga urinmoqda.

Tojikiston hukumati so‘nggi bir yilga yaqin muddat ichida O‘zbekiston bilan savdo aloqalari 5,7 marotaba o‘sib, 2015 yildagi 12 million dollardan 69 million 200 ming dollarga etganni bildirdi.

Ammo chegara chizig‘ini aniqlash va chegaradagi bahsli mintaqalar masalalarini hal qilish to‘g‘risida tomonlar kelishuvga erishmagan.

Chegaraning eng asosiy bahsli hududlaridan biri Tojikiston hududida joylashgan, o‘tgan asrning 40- yillarida qurilgan Farhod to‘g‘oni hisoblanadi.

XS
SM
MD
LG