Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:25

O‘zMU dotsenti deputatlarga parlamentda beqasam chopon kiyib o‘tirishni taklif qildi


O‘zbekiston Milliy universiteti dotsenti, Innovatsion texnologiyalar markazi direktor o‘rinbosari Miryoqub Haydarov Ozodlik bilan suhbatda Oliy Majlis deputatlari uchun milliy an’analarga asoslangan dress-kod joriy etish to‘g‘risidagi taklifini “milliy g‘ururni tiklash zarurati” bilan izohladi.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:00 0:00
Бевосита линк

Beqasam chakmon, duxoba chopon

Dotsent Miryoqub Haydarovning fikricha, Oliy Majlis deputatlari parlament majlislariga yevropacha kostyum-shim kiyib, bo‘yniga gastuk taqib kelish o‘rniga milliy kiyimlarda, masalan, yozda beqasam yoki banoras choponlarda kelishi kerak.

- Qishdachi? – so‘radik deputatdan.

- Qishda duxoba to‘nda kelishsin, dedi dotsent.

Bosh kiyimga oid savolimizga Miryoqub Haydarov “bu masalani deputatlarning o‘zlari hal qilsin”, deb javob berdi.

- Nima uchun parlament deputatining kiyimi masalasi aynan hozir kun tartibiga chiqib qoldi? Har holda, Siz chiqarayapsiz kun tartibiga?

- Qachondir ko‘tarilishi kerakku, bu masala?!

- Taklifingizni qandaydir bir shaklda Oliy Majlisga yoki Prezidentga yubordingizmi?

- Yo‘q. Faqat matbuotda chiqdi, dedi Miryoqub Haydarov 8 yanvar kuni podrobno.uz saytida e’lon qilingan maqolasini nazarda tutib.

Miryoqub Haydarov o‘z maqolasida nima degandi?

Muallif o‘z maqolasini kelasi o‘quv yilidan O‘zbekiston maktablari o‘quvchilari uchun joriy etiladigan yagona forma namunalariga munosabati bayonidan boshlagan.

Miryoqub Haydarovning fikricha, u ko‘rgan namunalar chiroyli, lekin ularda milliy unsurlar, milliy ruh yo‘q. Muallif o‘z maqolasi davomida G‘arb modasi globallashib ketgani, o‘zbeklar ham ana o‘sha global oqimga tushib qolgani haqida fikr yuritadi, o‘zbeklarning milliy kiyimi keyingi yillarda deyarli motam kiyimi deb tushunilayotgani haqida yozadi.

Maqola muallifining fikricha, o‘zbeklar milliylikka qaytishi lozim va bu ishni deputatlar boshlab berishi mumkin.

“Agar deputatlarni majlislarga maxsus tasdiqlangan bir xil milliy kiyimda kelishga majburlovchi nizom (qonuniy me’yor) qabul qilinsa edi, Oliy Majlisning ko‘rinishi o‘zgarib ketgan bo‘lur edi. Masalan, yoz uchun shohi chakmon, qish uchun duxoba chopon joriy etilsa, bu nafaqat deputatlar zehniyatining, balki kiyim stilining aholining barcha qatlamlari tomonidan qabul qilinishi o‘zgarishiga ta’sir qilgan bo‘lardi”, deb yozgan Miryoqub Haydarov.

Uning fikricha, Oliy Majlis deputatlari milliy kiyimga o‘tgach, navbat viloyat kengashlari deputatlariga keladi va ularning kiyimlarida mintaqaviy o‘zgachaliklar aks etadi: farg‘onalik deputat farg‘onacha kiyinadi, xorazmlik deputat - xorazmcha va hokazo.

Shundan keyin esa, Davlat turizm qo‘mitasi, Milliy avikompaniya va boshqa strukturalar o‘z xodimlariga milliy koloritli kiyimlarni kiydiradi, degan fikr aks etgan maqolada.

O‘zbekiston Milliy universiteti dotsenti, Innovatsion texnologiyalar markazi direktor o‘rinbosari Miryoqub Haydarovni suhbatga tortishimizga uning maqolasini o‘qish davomida paydo bo‘lgan savollar turtki bo‘ldi.

Suhbat davomida Miryoqub Haydarov o‘z maqolasida bildirgan fikrlari to‘g‘risida bunday dedi:

- Bu bir fikr almashinuvi. Kimdir ko‘taradi, kimdir ko‘tarmaydi. Mana hozirdanoq (maqola chiqishi bilanoq – tahr.) tanqid qila boshlashdi. Hammaga ham bu fikrlar yoqavermaydi, dedi Miryoqub Haydarov.

Miryoqub Haydarov bilan Ozodlik nima haqda gaplashdi?

Suhbat davomida Miryoqub Haydarovga uni taklif uchun tanqid qilayotganlar ko‘nglida paydo bo‘lgan savollarni berdik.

Masalan:

Millat taraqqiyoti, nahotki, uning kiyimiga bog‘liq?

O‘zbekiston - ko‘pmillatli davlat. Deputatlarga beqasam chopon kiydirib qo‘yish mamlakatdagi boshqa millat vakillariga og‘ir botmaydimi?

Shu va boshqa savollar javobini quyidagi audio suhbatda tinglaysiz:

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:56 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG