Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:02

Dastur-2018: Propiskasizga ish, kambag‘alga uy, hukumatga “savatcha”


Andijonda imkoniyati cheklangan odamlarga namunali uylarni berish marosimi.
Andijonda imkoniyati cheklangan odamlarga namunali uylarni berish marosimi.

O‘zbekiston hukumati tomonidan jamoatchilik muhokamasiga taqdim etilgan “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” davlat dasturi loyihasida mamlakatdagi boshqaruv, sud, huquq-tartibot, tibbiyot kabi sohalarni isloh qilish barobarida, ijtimoiy sohada propiska tartibini soddalashtirish, kam ta’minlangan oilalarga uy berish, xorijdagi vatandoshlar bilan muloqotni yo‘lga qo‘yish va’da qilinmoqda.

Hujjatda ta’kidlanishicha, 2018 yilning 1 aprelidan doimiy va vaqtincha ro‘yxatga qo‘yish tartibini soddalashtirish, o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida erkin harakatlanish hamda mehnat qilish huquqlarini ta’minlash nazarda tutilmoqda.

Bu tadbirni amalga oshirish uchun “vaqtincha yoki doimiy propiskasiz fuqarolarni ishga qabul qilishni rad etish bilan bog‘liq amaliyotga barham beriladi”.

Bundan tashqari “mehnat munosabatlari jarayonida pasport tizimi qoidalariga rioya etmaganlik uchun ish beruvchining ma’muriy javobgarligini bekor qilish; vaqtincha yoki doimiy propiskasiz yoxud turgan joyi bo‘yicha hisobda turmasdan yashaganlik, yashashga yo‘l qo‘yganlik uchun ma’muriy jazo choralarini yengillashtirish nazarda tutiladi”.

Hujjatning “Aholining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish” deb atalgan qismida O‘zbekistonda birinchi marta “yashash minimumi” va “iste’mol savatchasi” atamasi amaliyotga kiritiladi. Bu esa “aholining munosib hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan daromadlarni aniqlash”ga xizmat qiladi.

Qayd etilishcha, aholining real daromadlari, ish haqi, pensiyalar, nafaqalar va boshqa to‘lovlar miqdoridan kelib chiqib aniqlanadigan “yashash minimumi”ning “iste’mol savatchasi”ga mutanosibligini ta’minlash vazifasi qo‘yiladi.

Shuningdek, loyihada yil davomida og‘ir uy-joy maishiy sharoitlarda yashayotgan, boquvchisini yo‘qotgan, nogironlarni parvarish qilayotgan oilalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish ham nazarda tutilgan.

“Uy-joyi bo‘lmagan yoki avariya holatidagi va juda eski uylarda yashovchi respublikaning har bir tumani va shahridagi o‘rta hisobda 2-5 nafar oilaga arzon uy-joylar 10 yil mobaynida davlat ixtiyoriga o‘tkazish huquqisiz beriladi.

Respublikaning har bir tumani va shahridan o‘rta hisobda 70 nafargacha oilalarga har yili maishiy texnika (gaz va elektr pechlar, xolodilniklar, tikuv mashinalari va h. k.) yoki bir boshdan qoramol xarid qilinadi.

Og‘ir kasalliklar mavjud bo‘lgan taqdirda tibbiy xizmatlar haqini to‘lash va ularning haqini to‘lashga mablag‘ bo‘lmagan taqdirda respublikaning har bir tumani va shahridan o‘rta hisobda 6 tagacha kam ta’minlangan oilalarga beg‘araz yordam ko‘rsatiladi”, deyiladi hujjatda.

Bu maqsad uchun Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi 241 milliard 800 million so‘m, “Mahalla” jamoat xayriya fondi 80 milliard 600 million so‘m va hukumat 80 milliard 600 million so‘m mablag‘ ajratadi.

XS
SM
MD
LG