Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2018, Тошкент вақти: 22:34

Tojikiston va O‘zbekiston rasmiylari viza masalasida kelishuvga erishdi. Yaqin kunlarda “Vatandoshlar bordi-keldisi” haqidagi hujjatning imzolanishi kutilmoqda.

Ushbu huquqiy hujjat asosida ikki davlat vatandoshlari bir oy davomida vizasiz safar qilish imkoniga ega bo'ladilar.

Bunday kelishuvga O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripovning Tojikistonga rasmiy safari jarayonida erishildi.

10 yanvar Abdulla Aripov prezident Imomali Rahmon bilan muloqotda ikki davlat o‘rtasidagi savdo va iqtisodiy hamkorliklarni rivojlantirish yo‘lidagi cheklovlarni bartaraf etish hamda chegara va viza masalalari muhokama qilindi.

Hozircha vizasiz bordi-keldi qachondan yo‘lga qo‘yilishi e’lon qilingani yo‘q.

Dushanbelik ayol Ozodlik bilan suhbatda, odamlar vizasiz bordi-keldi yo‘lga qo‘yilishi xabaridan xursand bo‘lganliklari haqida gapirdi:

“Hozir vizani 7 kunga berishadi. Bunday qisqa muddatda nima qilasan? Oddiy bordi-keldi uchun viza olish protsessi sodalashtirib va viza muddati ham uzaytirilishi lozim. Bizni ko'p qarindosh va yaqinlarimiz O'zbekistonda yashaydi. Yaqin kelajakda bir-birimizga bordi-keldi qilishga sharoit yaratishga umid bog‘laymiz”- dedi bu ayol.

Shuningdek O‘zbekiston Bosh vazirining Tojikistonga tashrifi chog‘ida ikki davlat o‘rtasida temir yo'l va avtobus qatnovlarni tiklash va chegarada o‘tish punktlarini ochish masalalarida ham kelishib olindi.

Bahsli mintaqalar masalasida ham ijobiy natijalarga erishilgani xabar qilinmoqda.

Jumladan, chegaraning eng asosiy bahsli hududlaridan biri - Farhod to‘g‘oni yuzasidan ham kelishuv imzolanishi kutilmoqda.

Ushbu kelishuvga muvofiq, Farhod GESi O‘zbekiston mulki deya e’tirof etiladi va bu ob’ekt o‘zbekistonlik mutaxassislar nazoratiga o‘tadi.

Farhod GESi va to‘g‘onini qo‘riqlash esa Tojikiston zimmasida bo‘ladi.

6 yanvar kuni Toshkent viloyati xalq deputatlari kengashi sessiyasida nutq so‘zlagan O‘zbekiston prezidenti Mirziyoev Tojikistonga rasmiy safar qilish uchun tayyorgarlik ko‘rayotganini ma’lum qildi.

XS
SM
MD
LG