Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:32

O‘zbekiston Bishkek, O‘sh va Qoraboltada ochishni rejalagan 9ta korxonaning ayrimlari ish boshladi


O‘zbekistonning "Artel Engineering" shirkati O‘shda tashkil etgan kir yuvish mashinalarini ishlab chiqarish zavodi.
O‘zbekistonning "Artel Engineering" shirkati O‘shda tashkil etgan kir yuvish mashinalarini ishlab chiqarish zavodi.

Qirg‘izistonning Bishkek, O‘sh va Qorabolta shaharlarida O‘zbekiston 9ta korxona ochadi. Rasmiy ma’lumotda aytilishicha, O‘shda O‘zbekistonning "Artel Engineering" va Qirg‘izistonning "L.T.B" shirkati kir yuvish mashinalarini yig‘ish zavodini, MediaPark ko‘ngilochar markazini O‘zbekistonning Perfect Plast va Qirg‘izistonning Imzo LTD shirkatlari plastik hamda alyuminiy profillarni ishlab chiqarish korxonasini tashkil etadi.

Ўзбекистон Бишкек, Ўш ва Қораболтада очишни режалаган 9та корхонанинг айримлари иш бошлади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:53 0:00

Qorabolta shahrida "O‘zAvtoSanoat" va Qirg‘izistondagi "AvtoOndooZavod" qishloq xo‘jalik texnikasi va traktorlarni yig‘ish zavodini ochadi.

Bishkekda esa "O‘zAvtoSanoat" avtobuslarni yig‘ish va transport xizmatlarini ko‘rsatish, yengil avtomobillar yig‘ish zavodi va dilerlik markazi ochishga kelishib olgan.

O‘sh shahar meri o‘rinbosari Zamir Askarovning aytishicha, O‘shda ochilishi rejalashtirilgan korxonalarning ayrimlari ish boshlagan, ayrimlari esa eng so‘nggi tayyorgarlik ishlarini olib bormoqda.

- Aniq qilib aytadigan bo‘lsam, “Artel” shirkatining kir yuvish mashinalarini ishlab chiqarish zavodi ish boshladi. "O‘zAvtoSanoat"ning O‘shdagi avtosaloni ochildi, -dedi Zamir Askarov.

Qirg‘iziston Investitsiyalarni jalb etish va himoya qilish agentligining bildirishicha, Bishkek va Qorabolta shahridagi korxonalarni ochish masalasi hozircha memorandum darajasida qolmoqda. Biroq bu korxonalarni qurish 2018 yil oxirigacha yakunlanishi kelishib olingan.

Tadbirkorlar 2016 yil oxiridan boshlab O‘zbekiston-Qirg‘iziston munosabatlarining iliqlasha boshlagani ortidan savdo-iqtisodiy aloqalarda keskin rivojlanish bo‘lgani kuzatilayotganini e’tirof etmoqdalar.

Jalolobodlik tadbirkor Beyshenbek Begmatov ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar yanada rivojlanishiga temir yo‘l tariflarining qimmatligicha qolayotgani halaqit bermoqda, deb hisoblaydi.

-Hozir yuklar Jalolobodga asosan Bishkek -O‘sh avtomobil yo‘li orqali kelmoqda. Agar temir yo‘l tariflari arzonlab, yonilg‘i va yuklar temir yo‘l orqali tashiladigan bo‘lsa, tannarx arzonlab, savdo-sotiq yanada rivojlanadi. O‘tgan yili O‘zbekiston temir yo‘l tranzit narxini Tojikistonga 40 foizga arzonlatgan edi. Biz ham mana shundan umid qilib turibmiz, - deydi tadbirkor.

Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, 2016 yilda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida tovar ayriboshlash 150 million dollar atrofida bo‘lgan. 2017 yilning 11 oyida esa bu ko‘rsatkich 260 million dollarni tashkil qildi.

Toshkent va Bishkek joriy yilda tovar ayriboshlash ko‘rsatkichini 500 million dollarga yetkazishni rejalashtirgan.

XS
SM
MD
LG