Линклар

Шошилинч хабар
20 август 2018, Тошкент вақти: 09:47

Tojikistonliklarning O‘zbekistonga munosabati keskin o‘zgardi


TOJIKISTON - Dushanbe shahri. 2018, 9 yanvar

Tojikistonda o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov natijalariga ko‘ra, mamlakat aholisining aksari O‘zbekistonni Tojikiston uchun “xavfli va tahdid” deb hisoblamaydi.

Bu ko‘plab tojikistonliklarning O‘zbekistonga nisbatan qarashlari prezident Islom Karimov hukmronligi paytidan mutlaqo o‘zgarganini ko‘rsatadi.

So‘rov Yevrosiyo Taraqqiyot Banki tadqiqot markazi tomonidan o‘tkazilgan.

Mazkur so‘rovga ko‘ra, unda ishtirok etgan respondentlarning 86 foizi O‘zbekistonni “yaxshi qo‘shni va va Tojikistonga do‘st davlat”, deb hisoblashini bildirgan.

2012 yilda ushbu tashkilot o‘tkazgan ayni shunday so‘rovda O‘zbekistonni do‘st davlat hisoblamagan respondentlar soni 64 foizni tashkil etgandi.

Yevrosiyo Taraqqiyot Bankining Rossiyadagi tadqiqot markazi har yili Markaziy Osiyodagi ijtimoiy, siyosiy va davlatlar orasidagi munosabatlarni o‘rganib, o‘z xulosalarini nashr etadi.

Bu tashkilot o‘tgan yil noyabr va dekabrida Tojikistonda 1000 kishi orasida ijtimoiy va siyosiy yo‘nalishlar borasida so‘rov o‘tkazdi.

2016 yilda Islom Karimov vafotidan so‘ng prezidentlikka kelgan Shavkat Mirziyoev davrida O‘zbekistoning qo‘shni davlatlar, jumladan Tojikiston bilan munosabatlari yaxshilandi.

Tahlilchi Nuriddin Qarshiboevning fikricha,tojikistonliklarning qo‘shni O‘zbekiston haqidagi qarashlari butunlay o‘zgarishida asosan matbuot katta rol o‘ynagan.

“Hatto matbuot vositalariga qo‘shni O‘zbekiston bilan munosabatlarni yoritishida davlat organlaridan ko‘rsatma bo‘ldi. Ya’ni, ikki davlat munosabatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan mavzularni yoritishdan voz kechish maslahat berilgandi” - dedi Nuriddin Qarshiboev.

Uning qo‘shimcha qilishicha, ayni shu matbuot vositalari orqali Tojikiston jamiyatida Islom Karimov farmoni bilan yo‘llar yopib qo‘yilgani, vatandoshlar bordi-keldilarda jiddiy cheklovlar joriy etilgani haqida ko‘z qarash shakllangan edi.

Shavkat Mirziyoevning prezidentlikka kelishi ortidan O‘zbekistoning Tojikiston bilan munosabatlari iliqlasha boshladi.

Tojikiston hukumati so‘nggi bir yilga yaqin muddat ichida O‘zbekiston bilan savdo aloqalari 5,7 marotaba o‘sib, 2015 yildagi 12 million dollardan 69 million 200 ming dollarga yetganni bildirdi.

O‘tgan hafta O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripovning Tojikistonga rasmiy safari jarayonida viza masalasida kelishuv haqida gap bӯldi.

Yaqin kunlarda tomonlar “Vatandoshlar bordi-keldilari” borasidagi hujjatning imzolanishi kutilmoqda.

Ushbu huquqiy hujjat asosida ӯzbek va tojik vatandoshlari bir oy davomida vizasiz bir-biriga safar qilish imkoniga ega bo‘ladilar.

Hozirgacha bu muddat faqat bir hafta edi.

Shuningdek, O‘zbekiston Bosh vazirining Tojikistonga tashrifi chog‘ida ikki davlat o‘rtasida temir yo‘l va avtobus qatnovlarini tiklash va chegarada o‘tish punktlarini ochish masalalari ham muhokama qilingan.

XS
SM
MD
LG