Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:32

O‘zbekistonda mehmonxonalarga Qur’on va qiblani ko‘rsatuvchi belgilar qo‘yiladi


Bu haqda 15 yanvar kuni Milliy matbuot markazida o‘tkazilgan anjumanda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov ma’lum qildi.

Ўзбекистонда меҳмонхоналарга Қуръон ва қиблани кўрсатувчи белгилар қўйилади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:06 0:00

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov musulmon davlatlaridan kelayotgan ziyoratchilar sonini ko‘paytirish va ularga qulaylik yaratishi maqsadida mehmonxonalarga Qur’on kitobi qo‘yish to‘g‘risidagi talab ishlab chiqilganini aytdi:

- Shu maqsadda qo‘mitamiz tomonidan tegishli standartlar ishlab chiqildi. 2018 yildan boshlab mehmonxonalardagi xonalarning 10 foizida Qur’on kitobi, 30 foiz xonalarda esa qiblani ko‘rsatuvchi belgilar bo‘lishi shart, -dedi Aziz Abduhakimov.

Rasmiyning bildirishicha, diniy turizm sohasida O‘zbekistonga nafaqat islom davlatlaridan kelayotgan sayyohlarni, balki buddistlarni ham jalb qilish rejalanmoqda.

-Surxandaryo viloyatida buddistlikka oid ko‘plab obidalarimiz bor. Bu obidalarga Yaponiya, Koreya va Xitoy juda katta qiziqish bildirmoqda. Bu yo‘nalishda qator loyihalarni amalga oshirish ham rejalanmoqda. Buddistlikka oid obidalarni tartibga keltiriladi. Yaponiya bu hudduda mehmonxona va yapon bog‘ini, ibodat amallarini bajaruvchi joylarni barpo etmoqchi, -dedi Aziz Abduhakimov.

Turizm rahbari O‘zbekistonda sayyohlarga qulayliklar yaratish maqsadida ayrim kafe va restoranlarga 24 soat ishlash huquqi berilishini ham aytdi. Unga ko‘ra, buning uchun kafe yoki restoran egasi ixtiyoriy ravishda sertifikat olishi lozim bo‘ladi. Sertifikat esa tourist-friendly tizimi talablariga javob berilgan, ingliz tilida xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar va ingliz tilidagi menyular bo‘lgan ovqatlanish muassasalariga beriladi.

Rasmiyga ko‘ra, O‘zbekistonda kafe va restoranlarning kech soat 23gacha ishlashga ruxsat berilgani sayyohlarning jiddiy e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.

Aziz Abduhakimov O‘zbekistonning qo‘shni davlatlar bilan munosabatlari yaxshilangani ortidan, 2017 yilda sayyohlar soni deyarli 45 foizga ko‘payganini ham ta’kidladi:

- 2017 yilda 2 million 520 ming nafardan ortiq turist keldi. Bu 2016 yilga nisbatan 44,3 foizga ko‘pdir. Turistlarning 2 million 150 mingdan ortiqrog‘i bu qo‘shni Markaziy Osiyo mamlakatlaridan kelganlardir, -dedi rasmiy.

Unga ko‘ra, turizm xizmatlari eksporti 2016 yilga nisbatan 24 foizga oshib, 1 milliard 557 million dollarni tashkil etgan.

Aziz Abduhakimov Tojikiston bilan vizaning bekor qilinishi bu mamlakatdan Samarqand, Buxoro va Xivaga sayyohlar oqimini keskin ko‘paytiradi, deb hisoblaydi. Xabarda aytilishicha, bu shaharlarga yiliga Tojikistondan 150-200 ming sayyox kelishi kutilmoqda.

10 yanvarda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Dushanbega ish safari bilan borgan va prezident Emomali Rahmon bilan o‘tgan muzokaralarda ikki davlat o‘rtasida vizasiz bordi keldi bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi.

Aziz Abduhakimovning aytishicha, O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi vizasiz bordi keldi prezident Shavkat Mirziyoevning Dushanbega qiladigan davlat tashrifidan so‘ng boshlanadi.

Hozircha Mirziyoevning Dushanbega qiladigan davlat tashrifining aniq kuni ma’lum emas.

XS
SM
MD
LG