Линклар

Шошилинч хабар
17 октябр 2018, Тошкент вақти: 12:26

Afg‘onistonlik kuyovlar mobil telefonlari orqali Tojikistondan kelin topmoqda


Afg‘oniston bilan chegarada qo‘llaniladigan tojik sim-kartlari ko‘p hollarda afg‘onlariga Panj daryosining narigi sohilidan yor yoki do‘st topishga yordam bermoqda.

Ikki yil muqaddam Qunduz viloyatining Imomsohib tumanida istiqomat qiluvchi 35 yoshli Omonullo Husayni shu tariqa o‘zining bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan tanishgan edi. Tojikiston bilan chegarada joylashgan Imomsohib tumanida afg‘on telefonlari ayrim tojik mobil kompaniyalarning signallarini tutib oladi va shu sababli ular qo‘shni davlat sim-kartlaridan foydalanishadi.

Ozodlik radiosi tojik xizmatining ma’lum qilishicha, shu kunda Afg‘onistonning Tojikistonga chegaradosh Tahor, Qunduz va Badaxshon viloyatlari aholisi qo‘lida tojik mobil aloqa shirkatlariga tegishli 55 mingta sim-kart mavjud.

Bir kuni Husayni o‘nlab raqamlarni teradi va telefonning u tomonidan ayol kishining yoqimli ovozini eshitadi. O‘shanda u bu qo‘ng‘iroq o‘z taqdirini o‘zgartirib yuborishini bilmagan edi. Uning rafiqasi ham 35 yoshda bo‘lib, Tojikistoning Farxor tumanida istiqomat qilgan. Omonullo Husayni u bilan telefon orqali o‘tgan yilning 16 yanvarida kuni gaplashdi. «Avvaliga ayol meni Tojikistondan qo‘ng‘iroq qilayotibdi va hazilashayapti deb o‘ylagan. Keyinchalik Viber orqali muloqot qila boshladik. Bir necha oydan keyin turmush qurdik», -deydi suhbatdosh.

Uning so‘zlariga qaraganda, Afg‘onistonda uylanish qimmatga tushadi. «Mening hamqishloqlarim to‘y uchun 10-15 ming dollar sarflashadi. Biroq men rafiqam uchun 5 ming dollarga uy sotib olishga qaror qildim va biz munosabatlarimizni qonuniylashtirdik», - deydi Omonullo.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2016 yilda Omonullo singari Afg‘onistonning 30 dan ortiq fuqarosi tojik qizlariga uylangan. Ular asosan chegara hududlarida istiqomat qiluvchilar bo‘lib, ularning 10 ga yaqin bo‘lajak turmush o‘rtoqlari bilan telefon orqali tanishgan.

Badaxshon viloyati ma’muriyati matbuot kotibi Nekmahmad Nazari 16 yanvar kuni 6 ta tuman aholisi Tojikiston mobil operatorlari xizmatidan foydalanishlarini tasdiqladi. «Biz tojik sim-kartlaridan foydalanishdan biror bir yomonlik ko‘rmaymiz, axir afg‘onistonlik aholi Tojikiston byudjetini to‘ldirmoqda-ku», -dedi Nazari.

XS
SM
MD
LG