Линклар

Шошилинч хабар
09 май 2024, Тошкент вақти: 16:47

Turkmaniston TVsida qonunan "seks va zararli odatlar" taqiqlandi


Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov teledasturlarda dasturlarda va filmlarda seks, zo‘ravonlik va zararli odatlarni namoyish qilinishini taqiqlovchi qonunni imzoladi.

Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, “Televidenie va radioeshittirishlar to‘g‘risida”gi Turkmaniston qonuniga Berdimuhamedov o‘tgan hafta imzo chekkan.

Qonun mamlakatda “ijobiy obraz” yaratishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Yangi qonun 4- moddasining bandlaridan birida “voyaga yetmagan shaxslarni jismoniy, aqliy va ma’naviy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi, ayniqsa, hayosiz yoki zo‘ravonlik xarakterdagi va zararli odatlarni rag‘batlantiruvchi axborotlarni tarqatishdan himoya qilish“ nazarda tutiladi. Shuningdek, Qonunning 44- moddasida bu kabi materiallarning taqiqlanishi milliy manfaatlarni himoya qilish bilan bog‘liq ekani ta’kidlanadi.

Turkmanistonda OAVning barcha turlari va ayniqsa TV davlat nazoratida va ta’sirida turadi. Hatto kabel televideniesining kanallar kontenti qattiq senzura qilinadi va senzorlar noloyiq ko‘rgan filmlardagi har qanday sahnalar qirqib tashlanadi.

Faqatgina sun’iy yo‘ldosh televideniesi davlat senzurasini chetlab o‘tar edi, ammo bugungi kunda turkmanistonliklar sun’iy yo‘ldosh televideniesidan bebahra qolgan. Hukumat anchadan beri mamlakat bo‘ylab yo‘ldoshli «tarelka»larga qarshi kurash olib keladi.

“Ozodlik” muxbirlarining xabarlariga qaraganda, turkman senzurasining qo‘li hozircha yetib bormagan ayrim qishloqlardagina onda-sonda parabolik antennalarni uchratish mumkin.

Endilikda kino va seriallar o‘rniga Turkman TVsida prezidentning kitoblari o‘qiladi

Вместо кино и сериалов: по туркменскому ТВ теперь читают вслух книги президента
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:22 0:00

Qonunda “zararli odatlar” deyilganda nima nazarda tutilishi va buni kim belgilashi ochiq ko‘rsatilmagan.

TVda ko‘pincha prezident qiyofasi superqahramon sifatida gavdalantiriladi

Бердымухамедов на боевых учениях
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:37 0:00

Televidenie to‘g‘risidagi qonunda Turkmanistonning obro‘si va ijobiy imijini yuksaltiruvchi tele- va radiodasturlar tayyorlashga chaqiriq bor.

XS
SM
MD
LG