Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 04:58

Gaz va elektr tariflari oshgani ortidan kichik novvoyxonalar yopilmoqda


O‘zbekistonda buxanka nonning davlat belgilagan narxi 650 so‘m.
O‘zbekistonda buxanka nonning davlat belgilagan narxi 650 so‘m.

Vazirlar Mahkamasining "Tabiiy gaz va elektr energiyasi yetkazib berish va realizatsiya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ortidan ba’zi kichik novvoyxonalar ishini to‘xtatdi¸ to‘xtatmaganlari zararga ishlamoqda.

Ozodlik 17 yanvar kuni suhbatlashgan Toshkent va Andijondagi ikki novvoy gaz¸ elektr quvvati tariflari¸ hamirturush¸ yog‘ va benzin narxlari oshgani ortidan yopilayotgan non tannarxi oshib ketgani bois, ish to‘xtaganini aytishdi. Ozodlik suhbatlashgan «O‘zdonmaxsulot» AK mulozimi esa, novvoylarga yetkazib berilayotgan un narxi o‘zgarmaganini bildirdi.

Do‘lta nonning xaridor ko‘tara olmayotgan narxi

Andijon shahar bozorida do‘koni bo‘lgan tadbirkor yigitning 17 yanvar kuni Ozodlikka aytishicha¸ zarar ko‘rgan novvoyxonalarning ko‘pi yopilib uskunalari sotuvga chiqarilgan:

- Rasxod ko‘payib zarar ko‘rgan ko‘plab novvoyxonalar yopilib ketdi. Gaz¸ arenda¸ elektr oshdiyu nonning narxi o‘zgarmadi. Buxanka nonning davlat belgilagan narxi 650 so‘m bo‘lib, o‘zgarmay turibdi. Uning narxini o‘zgartira olmaymiz. Lekin obinon 1000 so‘m, yog‘ligi 1500 so‘m do‘ltali nonni 3000 deb qo‘ysak ham, qimmat deb xalq olmayapti. Tannarxi oshdi deb narxni biz ko‘tarsak¸ bozor ko‘tarmayapti¸ dedi andijonlik tadbirkor.

Shirinlik sotib zararni qoplashmoqda

Toshkent markazidagi 40 kishi ishlaydigan non mahsulotlari sexida hisobchi bo‘lib ishlaydigan Mavjuda Hasanova buxanka non o‘z tannarxidan arzon sotilayotganidan shikoyat qildi:

- Krasniyga ishlayapmiz (buxgalterlar tilida "zararga" degani -tahr.) Shahar hokimiyati savdo departamenti talabiga ko‘ra, narxni oshira olmaymiz. Mana qarang, nonni davlat belgilagan narxi 591 so‘m. Bizda o‘sha non 592 so‘m yoki 595 so‘mga tushyapti. O‘zining sebestoimostidan oshib ketyapti. Bo‘lmasa biz arenda to‘lamaymiz¸ joy o‘zimizniki. Asosiy oshgan narsa gaz¸ elektr¸ yog‘ va xamirturush. Benzin oshgani ham ta’sir qildi albatta¸ deydi Hasanova.

Suhbatdosh sexda ishlab chiqarilayotgan qandolat maxulotlari va boshqa xizmat turlaridan keladigan daromaddan zararni qoplayotganligini aytdi:

- Yaxshigina gaz ishlatamiz. Oyida eng kamida to‘rt million so‘m gazning o‘ziga to‘laymiz. Shirinlik pishirib zararni qoplab turganimiz uchun odamlarni ishdan bo‘shatmadik. Davlatimiz gaz va elektrga imtiyoz bersa yaxshi bo‘lardi. Rahmat, unni fiksirovanniy narxda olyapmiz¸ deydi non maxsulotlari sexida hisobchi bo‘lib ishlaydigan Mavjuda Hasanova.

"Do‘konni yopaman"

Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida yashab, buxanka non chiqaradigan tadbirkor Ravshanbek Ro‘ziev Ozodlik bilan suhbatda o‘z sexini sotuvga qo‘yganligini aytdi:

- Bir kun zararga ishladim¸ ikki kun ishladim. Endi bo‘ldi to‘xtatdim. Dokaxlebni (non chiqruvchi uskuna) sotaman deb e’lon berdim. Masalan, parnikda yetishgan limonga elektr oshdi deb baland narx qo‘ya olasiz ammo buxankani oshirishga hokimiyat ruhsat bermaydi. Sexni sotib Turkiyaga ishlashga ketaman, - deydi Ro‘ziev.

Barchaga kelgan to‘y

O‘tgan hafta Ozodlik Vazirlar Mahkamasining "Tabiiy gaz va elektr energiyasi yetkazib berish va realizatsiya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ortidan Urganch va Toshkentda yopilgan shirkatlar haqida yozgan edi.

Bosh vazir Abdulla Aripov 2017 yilning 27 dekabrida imzolagan qaror ilovasida “Tabiiy gaz va elektr energiyasini realizatsiya qilishda ularga nisbatan narx belgilashning alohida tartibi belgilangan” tashkilotlar ro‘yxati keltirilgan.

Endilikda, tadbirkorlar uchun tabiiy gaz to‘lovi 1 kub.m uchun 1000 so‘m etib belgilandi.

Ma’lumot uchun, bungacha, 2017 yilning 15 iyulidan e’tiboran iste’molchi tashkilotlar uchun 1 kub.m tabiiy gaz narxi 263,4 so‘m edi. Shu tariqa, narxlar tabiiy gaz uchun qariyb 4 baravarga oshdi.

Rasmiy iste’molchilarning buxanka non kamaygani to‘g‘risidagi iddaosini rad etdi

Gaz va elektr tariflari oshgani ortidan novvoyxonalarning yopilgani va magazinlarda buxanka nom kamaygani borasida shikoyatlar eshitilmoqda.

Toshkentning Farg‘ona yo‘li ko‘chasida yashaydigan shaharliklardan biri Ozodlik bilan suhbatda do‘kondan buxanka non topa olmayotganini aytdi.

Ozodlik 17 yanvar kuni bog‘langan “Toshkent-non” uyushmasi mulozimi esa, shaharda buxanka taqchil emasligini aytdi.

Mulozimga ko‘ra, Toshkentdagi barcha non zavodlari odatiy rejimda ishlamoqda.

Narxi davlat tomonidan belgilangan buxanka nonni mamlakat poytaxtida "Toshkent-non" uyushmasiga qarashli korxonalargina ishlab chiqaradi.

XS
SM
MD
LG