Линклар

Шошилинч хабар
23 октябр 2018, Тошкент вақти: 00:13

Nyu York hujumchisi Soipov o‘lim jazosi qo‘llanmasa, aybiga iqror bo‘lishga rozi


Sayfullo Soipovning sud zalida chizilgan rasmi

Nyu-York shahridagi velosiped yo‘lagida yuk mashinasi bilan sakkiz kishini bostirib o‘ldirganlikda ayblanayotgan o‘zbek millatiga mansub Sayfullo Soipov gunohini tan olishga va umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishga rozi. Buning uchun prokurorlar unga o‘lim jazosini berishni talab qilishmasa bo‘lgani, dedi uning advokatlari.

29 yashar Soipovning advokatlari 17 yanvar kuni sudga ushbu taklif bilan murojaat qildi. Ungacha prokurorlar Nyu-York shahridagi tuman sudidan 2019 yil aprel oyida Soipovga qo‘yilayotgan qotillik va terrorchilik ayblovlarini ko‘rib chiqish uchun sud majlisini belgilashni so‘ragan edi.

Prokurorlarga ko‘ra, 2017 yil 31 oktabr kuni jarohat olgan kishilar va o‘ldirilganlarning qarindoshlari “ish yopilishini juda ham istamoqda”. Ushbu hujum Nyu-York shahrida 2001 yil sentabr oyigi mudhish hujumdan keyingi eng qonli voqea bo‘ldi.

Soipov advokatlarining aytishicha, ishni tezroq hal etish yo‘li prokurorlarning ular taklif etayotgan kelishuvga rozi bo‘lishidir.

AQShning Manhettendagi ayni jinoyat ishini ko‘rib chiqayotgan muvaqqat prokurori Jeffri Berman o‘lim jazosi talab qilish yoki qilmaslik uchun tavsiya berishi kutilmoqda. Ammo pirovard qarorni AQSh bosh prokurori Jef Seshnz chiqarishini alohida qayd etish lozim.

Bermanni ham, Seshnzni ham prezident Donald Tramp tayinlagan, u esa Tvitterda, Soipovga o‘zim jazosi berilishi kerak, deb yozdi.

Mabodo hukumat Soipov ishi yuzasidan o‘lim jazosi berilishini talab qiladigan bo‘lsa, sud majlisini 2019 yil sentabr oyidan vaqtliroq o‘tkazib bo‘lmaydi, chunki uni himoya qilish uchun dunyoning yarmidan ma’lumotlar yig‘ish kerak bo‘ladi.

O‘zbekistondan qonuniy tarzda Qo‘shma Shtatlarga ko‘chib kelib yashayotgan Soipov hujumdan so‘ng darhol hibsga olindi.

Politsiyaning aytishicha, u ijaraga olingan yuk mashinasi bilan ataylab velosiped yo‘lagida harakatlanayotgan velosiped haydovchilar va piyodalar ustiga bostirib borgan. Jinoyat sodir etilgan yer bir paytlar Jahon savdo markazi joylashgan egizak minora hududidan bir necha kvartal narida joylashgan.

Soipov politsiyaga bergan ilk ma’lumotlarida Islom davlati (ID) ekstremistik tashkilotiga sodiqligini aytgan edi. O‘z navbatida tashkilot uni “xalifalik askari” deb iddao qildi.

Prokurorlar Soipovning qo‘l telefonida IDni targ‘ib etuvchi, radikal sunniy musulmon tashkiloti 2014 yili Suriya va Iroqning bosib olingan hududlarida odamlar boshini kesayotgani va boshqa vahshiy xatti-harakatlari aks etgan videroliklar bo‘lganini aytadi.

Hujum qilishidan oldin Qo‘shma Shtatlarda tijorat yuk mashinasi va Uber taksi hadovchisi bo‘lib ishlagan Saipov ID videolaridan ilhomlanganini gapirib berdi.

Oilasining Ozodlik radiosiga bildirishicha, Soipov 2010 yili Qo‘shma Shtatlarga ko‘chib ketmasidan burun radikal qarashlarga ega bo‘lmagan. Uning radikallashuviga internetdagi manbalar ta’sir ko‘rsatgan.

U 28 nobyar kuni aybini bo‘yniga olmagan edi, endi esa o‘sha ko‘rsatmasini o‘zgartirishni taklif qilmoqda.

XS
SM
MD
LG