Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:21

“Ishsiz bu bechoralar nima qilsin edi, Rossiyaga ketishga majbur bo‘lgan”


Qozog‘istonda avtobus halokatida vafot etgan 52 o‘zbekistonlikning 14 nafari Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanidan ekanligi aniqlandi. Toshloqlik pensionerlardan birining OzodMikrofonga aytishicha, qahraton qishda muhojirlik qismatini tanlab, qarindosh-urug‘laridan yo‘lkiraga qarz olib, Rossiya tomon ketayotganlarning hammasi ishsiz bo‘lgan.

“Bu becharalar ham nima qilsin, bola-chaqani boqish kerak, uylanish kerak, ish esa yo‘q. Ularning oldida ikki yo‘l ko‘ringan yoki o‘g‘irlik qilish, yoki og‘ir bo‘lsa ham Rossiyaga borib to‘rt tanga topish. Hamiyatli yigitlar ekan, og‘ir va xatarli bo‘lsa ham, halol yo‘lni tanlashibdi. Lekin ularning qismati o‘sha yerda bitgan ekan, Xudo rahmat qilsin, ularni”, deydi pensioner.

“Ишсиз бу бечоралар нима қилсин эди, Россияга кетишга мажбур бўлган”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:09 0:00
Бевосита линк

--------------------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG