Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 08:52

Ufada sevgan qizini va o‘zini pichoqlagan o‘zbek muhojiri shifoxonada jon berdi


Ali va Shahnoza ijtimoiy tarmoqlarda tanishgan
Ali va Shahnoza ijtimoiy tarmoqlarda tanishgan

Ufada sevgan qizini pichoqlab,o‘ldirgan va o‘ziga ham tan jarohati yetkazgan o‘zbekistonlik muhojir koma holatidan chiqmasdan kasalxonaning reanimatsiya bo‘limida olamdan o‘tdi. Tergovchilar 26 yashar Ali asli o‘zbekistonlik Shahnoza bilan Internetda tanishgani, ammo turmush qurish taklifiga olgan rad javobidan jazavaga tushib, qizni ish joyiga borib chavaqlab qo‘ygani aytilmoqda.

Kuni kecha 23 yashar rossiyalik ayolni chavaqlab o‘ldirganlikda gumonlanayotgan 26 yashar Ali ismli o‘zbekistonlik yigit Boshqirdiston poytaxtidagi markaziy shifoxonaning reanimatsiya bo‘limida hushiga kelmasdan jon taslim qildi.

Bu xabarni Ozodlikka tasdiqlagan Rossiya Federatsiyasining Boshqirdiston Respublikasi bo‘yicha Tergov qo‘mitasi boshqarmasi rasmiysi adliya polkovnigi Svetlana Abramova o‘zbekistonlik yigit rad etilgan sevgi-muhabbati tufayli yaxshi ko‘rib qolgan qizini va o‘zini qurbon qilganini aytdi:

- Ayblanuvchi bu erkak Ufa shifoxonasida nobud bo‘ldi. O‘ldirilgan qizimiz ham yo O‘zbekiston, yo O‘zbekiston bilan qo‘shni davlatlardan birida tug‘ilganiga qaramasdan, Rossiya grajdanligiga ega edi. Qotillikda gumonlanayotgan shaxs so‘roqqa ham tutilmasdan jon berdi, chunki 20 dekabrdan beri og‘ir ahvolda qolayotgandi. Shunga qaramasdan, jinoyat ishi tergovi davom etayapti, chunki o‘lgan yigitning qarindoshlari paydo bo‘lmaguncha va uning shaxsini tasdiqlab bermaguncha hamda jinoiy ish sudga oshirilmaguncha tergov yopilmaydi, dedi Svetlana Abramova.

Tergov idorasi vakilasi aytishicha, Boshqirdiston bosh tergov idorasi o‘ldirilgan 23 yashar shaxsning yaqinlarini o‘likni berib yuborish uchun izlayotganini bildirdi.

Ozodlik o‘z manbalaridan o‘lgan yigitning ismi Ali, u 26 yoshda ekani va Moskvada yashagani, o‘ldirilgan 23 yashar ufalik qizning ismi esa Shahnoza bo‘lganini aniqladi.

Ufa tergovchilaridan olingan ma’lumotga binoan, Ali Shahnoza bilan Internet tarmoqdaridan birida tanishgan. Ular bir necha oy davomida yozishib yurishgan, bir qancha marotaba uchrashishgan. O‘zbek yigiti bir yillik yozishuv va uchrashuvlardan keyin Shahnozaga u bilan turmush qurishni taklif qilgan. Shahnoza unda hozircha turmush qurish rejasi yo‘qligini bildirib, Aliga rad javobini bergan va u bilan uchrashuvlarni to‘xtatgan.

Tergov payti aniqlanishicha, 2017 yilning 20 dekabrida Shahnoza Ufaning Chernikovka mavzesidagi “Pobeda” oziq-ovqat do‘konida ishlayotgan payti oldiga kelgan oshiq Ali bilan gaplashish istagi yo‘qligini bildirgan.

Tergovchilarga ko‘ra, birdan qo‘ynidan pichoq olgan o‘zbek muhojiri “Sen boshqa hech kimniki bo‘lmaysan!” baqirig‘i bilan sotuvchi qizga tashlangan va uni chavaqlab tashlagan.

- Ayblanuvchi jabrlangan ayolga kamida 17 marotaba pichoq soldi. Keyin u o‘zining qo‘kragiga bir necha marotaba pichoq tiqdi, deya mudhish hodisa tafsilotlarini bildirishdi Boshqirdiston Tergov qo‘mitasida.

Youtube portalida hodisa joyidan olingan video ham paydo bo‘ldi.

Tergov qo‘mitasi 105- modda, ya’ni qotillik asosida jinoiy ish ochdi. Boshqirdistonlik tergovchilar o‘zbekistonlik muhojirning Ufa shifoxonasida aniq nimadan o‘lgani yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlanganini ham qo‘shimcha qilishdi.

XS
SM
MD
LG