Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 17:47

Erdo‘g‘on Putin bilan Suriyadagi kurd janggarilariga qarshi amaliyotni muhokama qildi


Turkiya prezidenti Rejab Toyyip Erdo‘g‘on 23 yanvarda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon suhbatida turk qo‘shinlari Suriyaning Afrin mintaqasida olib borayotgan harbiy amaliyotni muhokama qildi.

Anado‘lu agentligining 23 yanvarda bildirishicha, Erdo‘g‘on Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan telefonda suhbatlashganidan so‘ng Putinga telefon qilgan.

Suhbat chog‘ida Putin Suriya hududiy yahlitligi va suverenitetini hurmat qilish zarur deb aytgan hamda Suriyada tinchlik o‘rnatish masalasiga bag‘ishlangan muzokaralarga tayyorgarlik yakunlariga to‘xtalgan.

Keyingi haftada Sochida Suriya hukumati va muxolifati ishtirokida tinchlik muzokaralari o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

23 yanvar kuni Reuters Oq uy rasmiysiga tayangan holda prezident Donald Tramp Turkiyaning Afrindagi amaliyotlari borasida o‘z tashvishini izhor etish uchun “yaqin orada Erdo‘g‘on bilan muloqot o‘tkazishi”ni bildirdi.

22 yanvar kuni Erdo‘g‘on ittifoqchilarning tashvishlariga qaramay, Suriyaning kurd janggarilaridan iborat Xalq himoyachilari guruhi (YPG) nazoratida bo‘lgan Afrin mintaqasidagi harbiy amaliyotlar davom ettirilishini va bu amaliyotlar Rossiya bilan ham, Vashington bilan ham kelishilganini bildirgan edi.

Erdo‘g‘on kurd janggarilariga qarata:

-Shuni bilingki, hatto: “Bizning ortimizda Amerika turibdi va u bizni bari bir qurol bilan ta’minlaydi”, deb o‘ylayotgan bo‘lsangiz ham hech qachon turkiyani va turk millatini yenga olmaysiz, -deb aytdi.

So‘nggi xabarlarga qaraganda, Turkiya qo‘shinlari Afrin mintaqasida harbiy amaliyotni boshlagan 20 yanvardan beri janglarda Suriyadagi kurd janggarilari va “Islom davlati” guruhi a’zolaridan kamida 260 nafari halok bo‘ldi.

20 yanvarda turk qo‘shinlari AQSh dastaklayotgan kurd jangchilari nazoratidagi Afrin anklavida harbiy amaliyot boshladi. Qo‘shma Shtatlar bunday xatti-harakat mintaqadagi vaziyatni beqarorlashtirishi mumkinligi haqidagi ogohlantirdi.

Turkiya kurd YPG guruhini o‘z hududi, AQSh va qator Yevropa davlatlari terrorchi tashkilot, deb tan olgan Kurd ishchilari partiyasiga aloqadorlikda ayblab keladi.

XS
SM
MD
LG