Линклар

Шошилинч хабар
23 октябр 2018, Тошкент вақти: 19:25

O‘zbekiston tojiklari tojik maktablarining yopilishi ehtimolidan tashvishga tushdi


Toshkent viloyatning Bo‘stonliq tumanidagi beshta qishloq aholisi pedagoglar yetishmasligi bilan bog‘liq muammoni hal qilishda yordam so‘rab Tojikiston va O‘zbekiston prezidentlariga maktub yozishdi.

Pskom, Chakak, Palvanak, Ispay va Nanay qishloqlarining 100dan ortiq aholisi imzo chekkan maktubda malakali o‘qituvchilar etishmasligi sababli tojik maktablari berkitilishi mumkinligidan xavotir bildirilgan.

Ochiq maktub O‘zbekistonda tojik tilida nashr qilinadigan «Ovozi tojik» gazetasining so‘nggi sonlaridan birida e’lon qilindi.

Bu so‘nggi 25 yilda O‘zbekistonda yashovchi tojik diasporasining ikki mamlakat hukumatlariga ona tilida ta’lim sohasidagi muammolarni bartaraf etishni so‘rab yozgan birinchi ochiq maktubidir. Islom Karimov hukmronligi yillarida tojik tilida ta’lim beruvchi maktablar soni nisbatan qisqardi, oliy ta’lim dargohlarida esa tojik tilidagi fakultetlar berkitildi.

Bo‘stonliq tumani aholisi maktubda shu yilning bahor faslida ikki mamlakat prezidentlari Imomali Rahmon va Shavkat Mirziyovning Dushanbedagi uchrashuviga umid qilayotganlarini yozishgan. Maktub mualliflarining umid qilishlaricha, ikki mamlakat yetakchilarining muzokoralarida ona tilida ta’lim olish bilan bog‘liq muammo ustivor masalalardan biri bo‘ladi.

Maktubda Chirchiq shahridagi Pedagogika institutida Toshkent viloyatidagi tojik maktablari uchun pedagoglar tayyorlanadigan guruh ochilishi yuzasidan ham iltmos qilingan.

O‘zbekistondagi tojik tilida dars beradigan o‘qituvchilarning aytishicha, ko‘plab ota-onalar o‘z farzandlari pedagog kadrlar va darsliklar yetishmasligi sabab tengdoshlaridan ortga qolayotganini ko‘rib, ularni boshqa tillarda dars beriladigan maktablarga berishga qaror qilishmoqda.

Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, Sho‘rolar davrida O‘zbekistonda tojik tilida ta’lim beruvchi 380 maktab faoliyat yuritgan.

O‘tgan yili Farg‘ona davlat universiteti filologiya fakultetida tojik tili guruh tashkil etilishi xabar qilingan edi.

Mazkur guruhga 15 talaba qabul qilinadi, ularning 5 nafari byudjet asosida, 10 nafari kontrakt asosida o‘qitiladi. Bu guruhda Tojikiston vatandoshlari ham o‘qishlari mumkin.

XS
SM
MD
LG