Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 07:16

Yana bir so‘kong‘ich hokim. Bunisi fermerlarni haqoratlaganidan pushaymon


Andijon tumani hokimligi binosi
Andijon tumani hokimligi binosi

Andijon viloyat, Andijon tuman hokimi Ulug‘bek Isomiddinov fermerlar bilan 25 yanvarda o‘tkazilgan yig‘ilishda chigit ekishda qo‘llaniladigan “plyonkaga” pul o‘tkazmagani uchun fermerlarni haqorat qilgani yozilgan auidoyozuv Ozodlikka kelib tushdi.

Bu audioyozuvni jo‘natgan fermerlardan birining aytishicha, bir necha yildan buyon hokimning majlislardagi haqoratlari ularning jon-jonidan o‘tib ketgan va u hokimning haqoratlarini telefoniga yozib olishga qaror qilgan.

Hokim Ulug‘bek Isomiddinov, fermerlarning shaxsiyatiga tegadigan so‘zlar ishlatganini Ozodlik muxbiri savollariga javob berarkan, tan oldi va bunday holat boshqa takrorlanmasligini aytdi.

Яна бир сўконғич ҳоким. Буниси фермерларни ҳақоратлаганидан пушаймон
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:51 0:00
Бевосита линк

O‘n olti minut davom etgan audioyozuvda Andijon tumani hokimi har bir fermer xo‘jaligi rahbarini o‘rnidan turg‘izib chigit ekishda ishlatiladigan plyonkaga pul o‘tkazmagani uchun uni koyiy boshlaydi.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:38 0:00
Бевосита линк

Bu koyish asta-sekin hokimning haqoratlariga ulanib ketadi:

“Oydinbuloq! (fermer xo‘jaligi nomi – tahririyat) Chiq manetga! Ey noinsof nega plyonkaga pul qo‘ymayapsan. Gaday!. (Gado demoqchi - tahr.) Rejani bajarib turib, 5- sortni 3- qilib, ichki ishlar boshqarmasidan kelib, ko‘tingga tirab turganda bir narsa qilib qutulding-a, hayvon. Ey, hayvon, yig‘ishtir qog‘ozingni, shu ham prezidentni qarori, plyonkaga pul qo‘ysin, debdi, sen nega qo‘ymading hayvon”, deydi hokim.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:56 0:00
Бевосита линк

Hokim audioyozuvda ismini anglashni imkoni bo‘lmagan boshqa bir fermerni turg‘izib, undan ham nega plyonkaga pul qo‘ymaganini so‘ray boshlaydi. Fermer pulimizni haqdorlikka olib qo‘yibdi, tushsa qo‘yaman deyishi bilan haqoratlar silsilasiga duchor bo‘ladi:

Hokim: - Men senga savol beryapman, nima uchun qo‘ymading?

Fermer: - Plyonka zavodga mahsulot beruvdik. 13 million so‘mga, shu tushsa qo‘yaman.

Hokim: - Sen nonko‘rdan plyonkaga pul qo‘yishingni so‘rayapman men. Nimaga oxiriga etmading? Hey iflos, ikir-chikiringgacha men qachongacha qarab o‘tiraman, a? Haqdorliging bormi, qarzdorliging bormi, betta nimani so‘rayapman sendan? Ey hayvon nega kecha qo‘ymading, deydi hokim.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:34 0:00
Бевосита линк

Ulug‘bek Isomiddinov “Sherzodbek oltin dalasi” fermer xo‘jaligi rahbarini ham qattiq haqorat qiladi:

“Sen lo‘ttivoz, o‘yinchi, odam bo‘lmaysan sen, hayvon. Hurmatingni qildim, aka dedim, sizladim. Gapirchi hayvon, hey artist, blyad. Bir million qo‘yganingcha hammang yuribsan, yana 8 million 384 ming so‘m nega qo‘ymayapsan. Nimani kutyapsan e, hayvon. Ey iplos, hurmatingni qilib qo‘ysam, sen nima deb o‘ylayapsan. Gohida orqaga yarim qadam chekinib turib, qaytadan boshlashimni bilmaysanmi? Sen qo‘rqqin mendan, yarim qadam orqaga chekinganim boshqa narsa u. Ey, tvar, hurmatingni qildimmi? Ey, maraz!”, deydi hokim.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:55 0:00
Бевосита линк

Hokim o‘tkazgan yig‘ilishlarda muntazam qatnashgan fermerlardan birining aytishicha, ular hokimning haqoratlariga yillardan buyon chidab kelmoqda:

“Bizga tuman hokimi shunaqa haqsizlik qilyaptiki, bunga chidab bo‘lmayapti. Zavodda pullarimiz bor, lekin u plyonkaga naqd pul olib kelasan, deyapti. Mana, bugun 26 yanvar kuni ham majlis o‘tkazdi. Bir fermer paxta zavodida pulim bor, o‘shani o‘tkazaman desa, yo‘q, naqd pul qo‘yasan deyapti. Hozir hamma fermerlar ko‘chada, naqd pul izlab yuribdi. Qo‘ymaganni k...dan olib, k...ga solyapti. Topib olgan gapi, iflos, hayvon, gaday... Uningcha Andijon tumanida undan boshqa odam yo‘q, hayvon hammasi. Bu yillardan buyon davom etib kelyapti”, deydi fermer.

Andijon tuman hokimi Ulug‘bek Isomiddinov, Ozodlik bilan suhbatda, haqiqatan ham yig‘ilishda shaxsni tahqirlovchi so‘zlarni ishlatib yuborganini tan oldi va bunday holat boshqa takrorlanmasligini aytdi:

- Bu yerda, shu qarorni ijrosini ta’minlay olmaganlik jinday cho‘zilib qolyapti, haromi yoki boshqa so‘zlar ishlatilgani yo‘q, endi noinsof, ahmoq degan so‘zlar aytamizu, unchalik anaqa bo‘p ketmaydi. Endi gohida xatolar ham bo‘lib qoladi, shunga bir-birimizni to‘g‘ri tushunsak yaxshi bo‘lardi. Bir martaga endi bo‘lmasa... E’tirozlar to‘g‘ri, prezidentimiz ham yaxshi gapir deyapti. Bo‘ldi, xulosa chiqaramiz shundan. Bizdan xatolik o‘tgan bo‘lsa, bir martaga unaqa qilsa bo‘lar endi. Juda to‘g‘ri, mening sizlarga biror xil e’tirozim yo‘q. Tushundim. Yurtimiz uchun, xalqimiz uchun, prezidentimiz uchun albatta xizmat qilamiz. Gohida endi xatoliklarga yo‘l qo‘yib qo‘yamiz, buni to‘g‘ri qabul qildim va to‘g‘ri tushundim. Bu narsalar boshqa takrorlanmaydi, tushundim, dedi tuman hokimi Ulug‘bek Isomiddinov.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:37 0:00
Бевосита линк

Ozodlik Andijon shahar hokimi Dilmurod Rahmatullaev kollej o‘qituvchilarini “shakal”, “tvar”, “hayvon”, “eshak” deb haqorat qilgani haqida xabar bergan edi.

Undan so‘ng Ozodlik 2017 yilning 18 noyabr kuni o‘tkazilgan majlisda hokimning ikki nafar keksa mahalla faolini “shakal, kampir, harom” kabi so‘zlar bilan haqorat qilganini yozgan edi.

Shundan so‘ng sudning qarori bilan D.Rahmatullaev O‘zbekiston Respublikasi MJtK 41-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilib, eng kam ish haqining 30 baravari miqdorida jarima jazosi qo‘llanilgan edi.

XS
SM
MD
LG