Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 03:04

Tojikistonlik qariyb 200 ayolning IShIDga qo‘shilgani sabablari o‘rganildi


Tojikistonda BMT moliyaviy yordami bilan o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, yuzlab tojik ayollari erlarining irodasiga bo‘ysunib, Suriya va Iroqda IShID ekstremistik guruhi safiga qo‘shilgan.

Tadqiqotda bunday ayollar soni taqriban 200 nafar ekani aytildi.

Tojik ayollar orasida o‘z istagi bilan jihodiy aqidalar asosida “Islom davlati” terror tashkilotiga qo‘shilganlar ham bor.

Masalan, bir dushanbelik jihod uchun Suriyaga borib, 2016 yilda Tojikistonga qaytgandan so‘ng, boshqa ayollarni IShID safiga jalb etishga urinayotgan paytda xavfsizlik organlari tomonidan qo‘lga olingandi.

Shuningdek, mazkur tadqiqotda Sug‘d viloyatidagi tungi klub raqqosasi Suriyaga borib, jihodiylar safiga qo‘shilish istagida bo‘lgani, ammo qo‘lga tushib, 12 yil qamoq jazosiga hukm etilgani qayd etilgan.

London shahridagi Qirol kolleji tadqiqotchisi va Tojikistonda o‘tkazilgan tadqiqot a’zosi Anna Matveeva 28 yanvar kuni Ozodlik radiosi bilan suhbatda tojik ayollarining ekstremistik guruhlarga qo‘shilish sabablarni sharhlab berdi.

“Birincha sabab - bu oiladagi munosabatlar. Agar er yoki aka ekstremistik guruh a’zosi bo'lsa, oila a’zolarini ham bu guruhga “tortadi”. Ayolga ekstremistik aqida ma’qul yoki ma’qul bo‘lishi muhim emas. U eri yoki yaqin qarindoshi irodasiga bo‘ysunishga majburdir,”- dedi Anna Matveeva.

Uning qo‘shimcha qilishicha, ba’zi tojik ayollari o‘z shaxsiy muammolarini hal qilish niyatida Yaqin Sharq mamlakatlariga yo‘l olgan.

Masalan, 2016 yili sobiq Tojikiston IIV Tezkor kuchlar qo‘mondoni polkovnik Gulmurod Halimovning turmush o‘rtoqi Humayro Mirova 3 farzandi bilan Suriyaga, eri oldiga borgandi.

Tojikistonda o‘tkazilgan tadqiqotda erlarini axtarib Suriyaga borgan tojik ayollari taqdiri borasida ma’lumot ham bor.

36 yashar Tojikiston janubidagi Jaloliddin Balxiy tumanida yashovchi 36 yashar ayol uchun Suriyadagi erini izlash qariyb fojiaga aylandi.

U Turkiyada ekstremistik guruhlarga jalb etuvchi tarmoqlarning maqsadini anglab, vatanga qaytib kelishga ulgurdi.

Boshqa bir ayol esa, eri uni to'rt farzandi bilan Suriyaga majburlab olib ketmoqchi ekanligi haqda huquq-tartibot organlariga xabar berdi. Natijada, ayolning eri qo‘lga olindi.

Tadqiqotchi Anna Matveeva fikricha, tojik jamiyatida radikalizmning oldini olishda ayollarning hissasi katta bӯlib, hukumat organlari ularga bu kurashda yordam ko‘rsatishi lozim.

Tojikiston ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga binoan, 2015 yilda 154 tojik oilasi Suriya va Iroqqa borgan. Ular orasida 95 yosh bola va 67 qizcha bor.

Hozir Tojikiston rasmiylari xalqaro tashkilotlar yordami bilan ularni vatanga qaytarishda urinmoqda.

2015 yilda Tojikistonda Jinoyat Kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, hukumat xorijdagi harbiy guruhlar xizmatida bo‘lib, uyga qaytib qilgan ishidan pushaymon bo‘lgan fuqarolarni afv qilish qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

XS
SM
MD
LG