Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:13

Marhum Shayxning jiyanidan haqdor qariyb $1 000 000 ini undira olmayapti


Toshkentlik 34 yashar Temur Abduvohidov qariyb 808 ming 500 dollar pulini ozodlikdan mahrum qilingan Sharofiddin Sattievdan undira olmayapti.

Abduvohidovning 30 yanvar kuni Ozodlikka aytishicha, uning adolat o‘rnatishni so‘rab yuqori instansiyalar, jumladan, mamlakat Ombudsmaniga yo‘llagan murojaatlaridan naf bo‘lmayapti.

Temurning iddaosicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi Sattiev ustidan hukm o‘qir ekan, haqdorlarning pulini qoplash masalasini chala hal qilgan. Apellyatsiya sudi esa, tuman sudi hukmini o‘zgartishsiz qoldirgan.

Toshkent shahar, Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod sudining 2017 yil, 21 iyundagi hukmi bilan Sharofiddin Sattiev firibgarlikda va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishda aybdor, deb topilgan.

Sattiev 10 yilga ozodlikdan mahrum etilib, bu muddat 3 dan 1 qismga qisqartirilgan.

Sud hukmiga binoan Sharofiddin Sattievdan 6 jabrlanuvchiga hammasi bo‘lib 1 076 100 AQSh dollari va 647 000 000 so‘m undirilishi lozim.

Undirilishi kerak bu mablag‘ning asosiy qismi – 808 500 AQSh dollari, sud hukmiga ko‘ra, Temur Abduvohidovning haqidir.

Buncha pulni Temur Sharofiddinga nima uchun bergan edi?

Bu savol javobi sud hukmida aks etgan. Temurning Ozodlikka aytishicha, uning Sharofiddin Sattiev bilan pul aralashgan muomalasi 2012 yilda boshlangan.

“Bu biznesning ustida Shayx hazratlari turibdi, toza, halol biznes, oilaviy biznesimiz” dedi.

- 2012 yilning kuz-qishida mening kuyov jo‘ram, litseydoshim Sattiev Muzaffar o‘gay akasi Sharofiddin Sattievning biznesiga pul qo‘shishni taklif qildi. “Bu biznesning ustida Shayx hazratlari turibdi, toza, halol biznes, oilaviy biznesimiz” dedi, - deydi Temur Abduvohidov.

Shundan so‘ng, Temur o‘ylay-o‘ylay, bir qarorga keladi va bunda qo‘shilayotgani biznesning “Shayx hazratlarining oilaviy biznesi” ekanligi hal qiluvchi omil bo‘ladi.

Temurning aytishicha, Sharofiddin Sattiev marhum Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning qayin jiyanidir. Ozodlik boshqa manbalardan bu ma’lumotni tekshirdi: Sharofiddin marhum shayxning turmush o‘rtog‘i akasining o‘g‘lidir.

Temur avvaliga gilam savdosiga qo‘shilish uchun Sharofiddinga 20 ming dollar beradi.

“Samarqandda to‘qilgan ipak galamlarni Yaqin Sharqqa, Malayziya, Indoneziyaga sotamiz", dedi.

- Sharofiddin menga “Samarqandda to‘qilgan ipak gilamlarni Yaqin Sharqqa, Malayziya, Indoneziyaga sotamiz", dedi”, deb esladi Temur bundan 6 yil oldingi gapni.

Aytishicha, Temur o‘shanda - 2012 yil oxirlarida Sharofiddinga dastlabki 20 ming dollarni bergan. Oradan 1 yil o‘tib-o‘tmayoq Temurning Sharofiddinga bergan puli 150 ming dollardan ortib ketadi.

2013 ning oxirida Sharofiddin Temurga yangi biznes-loyihani taklif qiladi.

- "Malayziyada to‘lov terminallari o‘rnatamiz", dedi. O‘shanda 200 ming dollardan ortiq pul berdim.

- Malayziyada to‘lov terminallari o‘rnatamiz, dedi. O‘shanda 200 ming dollardan ortiq pul berdim,- dedi Temur.

Shundan so‘ng, Sharofiddin “biznesni rivojlantirish” uchun pul so‘rayvergan. Temur esa, mol-mulkini sotib, qarindosh-urug‘idan qarz ko‘tarib, unga pul beravergan va oxir-oqibat Temurning Sharofiddinga tutqazgan puli 808 ming 500 dollarni tashkil qilgan. Sud bu raqamni tan olgan.

Temurning aytishicha, bu - uning Sharofiddinga bergan pulining tani. Bunga shuncha pulning aylanmasidan tushishi mumkin bo‘lgan va olinmay qolgan foyda kirmaydi.

Muammo nimada?

Sud hukmida Sharofiddin Sattievdan 6 jabrlanuvchiga hammasi bo‘lib 1 076 100 AQSh dollari va 647 000 000 so‘m undirilishi lozimligi aytilgan bo‘lib, davomida bunday deyilgan:

“Undiruv mahkum Sh. Sattievning “Sky mart group” MChJ ta’sis ulushiga mutanosib ravishda mol-mulkiga qaratilsin”.

​Temurning Ozodlikka aytilishicha, O‘zbekistonda qayddan o‘tgan “Sky mart group” MChJning “1 ta kompyuteru 1 ta printerdan boshqa hech narsasi yo‘q”.

Temur Abduvohidovning yuqori instansiyalarga, mamlakat Ombudsmaniga yo‘llagan arizalarida yozishicha hamda Ozodlikka aytishicha, dastlabki sud va apellyatsiya sudi ishni o‘rganar ekan, Sattievning jabrlanuvchilar puli evaziga yaqinlari nomiga sotib olgan mulklarni hisobga olmagan.

Masalan, Temurning yuqori instansiyalarga yozgan arizalarida qayd etishicha, Sharofiddin Sattiev jazmani Pedorchenko T. ga 2013 yilning fevralida Yunusoboddan kvartira sotib olib bergan.

Temurning fikricha, bu mulklar hisobga olinishi va ko‘rgan zarari o‘sha mulklar hisobiga qoplanishi kerak edi.

Bundan tashqari, Temurning aytishicha, sud Malayziya fuqarosi Gzali Mat Isaning bergan ko‘rsatmani ham inobatga olmagan. Abduvohidovga ko‘ra, Isa Sharofiddinning Malayziyada har biri 2450 dollar turadigan 200 ta pul o‘tkazish terminali sotib olganini tasdiqlagan.

- Malayziya hukumati terminallarni haqdorlarga o‘tkazib berishga tayyor, lekin O‘zbekiston tomoni bu masalada hamkorlik qilishni istamayapti, dedi Temur Abduvohidov.

Narxi qariyb 1 million dollarlik sargardonlik

Sud hukmi chiqqanidan buyon, Temur adolat izlash bilan band.

“Oliy sudni raisi boshqa suddan kelgan, tushunavermaydi bunday ishlarni” deydi. Bilmasa menda nima ayb?

- Oliy sudga bir marta xat yozdim. Bir marta raisi qabulida bo‘ldim. Har bir iddaomni asoslab berdim. Hech qanday qo‘shimcha savoli qolmadi. Bo‘ldi, ijobiy hal bo‘ladi, deb o‘ylagandim. Lekin oldin ko‘rib chiqilgan deb, tashlab yubordi. Sudyalar kollegiyasiga ham yozdim. Ular ham e’tiborsiz qoldirdi. Bosh prokuraturaga yozdim. U ham rad qildi. Yaqinda Ombudsmanga yozdim. Yordamchisini qabuliga kirsam, “Oliy sudni raisi boshqa suddan kelgan, tushunavermaydi bunday ishlarni” deydi. Bilmasa menda nima ayb? – dedi xayron bo‘lib Temur Abduvohidov.

XS
SM
MD
LG